Eng tez gapiradigan millat.

Eng tez gapiradigan millat.


O‘tkazilgan tadqiqotlar yer yuzidagi eng tez gapiradigan millat fransuzlar ekanini ko‘rsatdi. Ular bir daqiqa ichida 350 ta so‘z ishlatar ekan. Dunyodagi “eng go‘zal til”lardan biri deb e’tirof etilgan fransuz tili ehtimol mana shu jihati bilan ham yoqimli eshitilsa kerak.


Tadqiqotlarga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni yapon millati egallagan. Ular fransuzlarga nisbatan 40 ta so‘z kam ishlatar ekan. Ya’ni bir nafar yapon bir daqiqada 310 ta so‘z sarf qilar ekan. Uchinchi o‘rinni inglizlar egallagan. Ular bir daqiqada 210 ta so‘z talaffuz qiladi. Shuningdek, eng sekin gapiradigan millat ham aniqlangan. Masalan, polineziyaliklar bir minutda atigi 50 ta so‘z ishlatar ekan.