Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari

Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:


📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga

📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga

📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga

📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)

📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)

📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.

📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.

📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)


© Doctor Muxtorov