Bola nechi oydan boshlab boshini ushlay olishi kerak?

📌Bola nechi oydan boshlab boshini ushlay olishi kerak?


Yangi tu’gilgan chaqaloq mustaqil ravishda boshini ushlay olmaydi, shuning uchun uni emizganda, ko’targanda bo’ynidan boshini ushlab turish lozim.


❓Qachondan boshlab bola boshini ko’taradi?


Normada, bola tug’ilganidan so’ng 2-3 haftalarda qorniga yotganda boshini ko’tarishga harakat qila boshlaydi. Ko’tara olganda, bu holatda bir necha soniya (30-60 soniya ) tura oladi.

Uchinchi oyga kelib, chaqaloq qorinda yotganida boshini bemalol ko’tarishni boshlaydi. Ko’targanda ham ushlay olishi mumkin, lekin baribir bu davrda bolani bo’yni va boshini ushlab turish kerak, chunki bo’yin mushaklari hali yetarlicha rivojlanmagan.

To’rtinchi oyga kelib bolaning bo’yin mushaklari ancha mahkamlanadi, endi u mustaqil ravishda bemalol boshini yonga qaratadi va ko’targanda ushlay oladi. Qorinda yotganda esa, ko’krak qismini ham ko’tarishni boshlaydi.