Target va bloggerlarni biznesga ta’sirini bilsa bo’ladimi?
💁🏻 Ko’pchilik o’z biznesini rivojlantirish uchun target yoki blogerlardan foydalanadi. Aslida, ikkisi bilan ham kutgan natijalarga erishish mumkin. Biroq, foyda va kamchiliklardan holi emasligi, shubhasiz. Keling, yaxshisi ular bilan tanishib chiqsak:
Target
✅ Foydasi:
+ Maqsadli auditoriyani to’g’ri tanlash;
+ Aniq narxlash;
+ Trafik va savdo barqarorligi;
+ Tezkor savdo;
+ O’zaro qulay aloqalar.
❎ Kamchiliklari:
— Ishonch darajasi past;
— Auditoriyani jalb qilish qiyin;
— Tabiiylikning yo’qligi;
— Senzura (hamma narsani reklama qilish mumkin emas)
Blogerlar
✅ Foydasi:
+ Yuqori darajadagi ishonch;
+ Auditoriyani tezda jalb qilish imkoniyati;
+ Brend xabardorligini oshiradi.
❎ Kamchiliklari:
— Izlash va tekshirishga sarflagan vaqt;
— Yomon bloger xavfi;
— Blogerlarning yetarli emasligi.