❓Ko‘z pirpirashiga nima sabab bo‘ladi?
Miyadagi tasodifiy elektr impulslari ko‘zlarni pirpiratadi. Ushbu impulslar ko‘z mushaklarini qo‘zg‘atadi, bu esa uning qisqarishiga olib keladi.
📌Shuningdek, ayrim holatlar ham ko‘z pirpirashiga sabab bo‘ladi:
✨o‘ta yorqin nur yoki kuchli shamol;
🧑💻kompyuterda uzoq vaqt ishlash
💊 dorilarning nojo‘ya ta’siri. Masalan, ko‘z yoki burun tomchilari, antidepressantlarga nisbatan reaksiya bo‘lishi mumkin.
❓Ko‘z pirpirashini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
🌬chuqur nafas oling yoki boshqa yo‘l bilan stressni yengishga harakat qiling;
🛌biroz vaqt uxlang;
☕️qahva ichish me’yoriga amal qiling;
🕶ko‘chaga chiqishda, ayniqsa, shamolli va quyoshli kunda quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqing;
📙qorong‘u vaqtda kitob o‘qimang.
❗️Shifokorga murojaat qilishni ham unutmang.