Ginnesning rekordlar kitobidan joy olsangiz qancha mukofot olasiz?

Ginnesning rekordlar kitobidan joy olsangiz qancha mukofot olasiz?


Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishingiz uchun sizning rekordingiz quyidagi talablarga javob berishi kerak:


— Sizning yutug’ingiz o’lchab bo’ladigan bo’lishi kerak, Subyektiv yoki mavhum bo’lishi mumkin emas.

— Tabiat uchun zarar keltirmasligi kerak.

— Boshqalar tomonidan yangilab bo’ladigan rekord bo’lishi kerak.


Agar shu talablarga javob bersa, siz rasmiy sayt orqali ariza qoldirasiz. (guinnessworldrecords.com)


Siz rekordni yangilasangiz yoki yangi rekord qo’ysangiz, afsuski, hech qanday pul mablag’i berilmaydi. Faqatgina nomingizni dunyoga tanitasiz.


Aksincha, o’z arizangiz ko’rib chiqilishi uchun $1000 to’lov qilasiz. Aks holda, sizning arizangizni ko’rib chiqish 12 haftaga cho’ziladi.


Agar, Gennis rekordlar kitobining komissiya a’zosi sizning davlatingizga kelib, shaxsan rekordni qayt qilishiga to’g’ri kelsa, komissiya a’zolarining yo’l-kira va sayohat xarajatlarini ham siz to’laysiz!