Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

💉Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?


☑️14 yoshdan katta bolalarga —

0,5 ml(bitta doza) bir marta

☑️3 yoshdan 14 yoshgacha —

0,5 ml bir marta

☑️6 oylikdan 3 yoshgacha —

0,25 ml bir marta.

☑️6 oylikdan kichik bolalarni

onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.


📌Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.

Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


📌Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2021-2022 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.


📌Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.


© Doctor Muxtorov