«Ccleaner»ning foydali 6 imkoniyati!

«Ccleaner»ning foydali 6 imkoniyati!


«Ccleaner» dasturi «Windows»dagi bir nechta sozlamalar hamda xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning o‘rnini bosa oladi. Bu dastur bepulligi hamda foydalanish osonligi sababli juda keng ommalashgan.


Biroq keraksiz narsalardan qutqarishi — mazkur dasturning yagona funksiyasi emas. Uning yana ko‘plab vazifalari ham borki, foydalanuvchilarning aksariyati ulardan hatto bexabar bo‘lishlari ham mumkin.


Bu vazifalar quyidagilar:

• Avtomatik yuklanishdagi unsurlarni o‘chirish;

• Kontekst menyuni sozlash;

• Diskdagi bo‘sh joyni tozalash;

• Diskning to‘lganligini tahlil qilish;

• Cookie-fayllarni boshqarish;

• Takrorlanuvchi fayllarni topish.


«Ccleaner» aslida ko‘p funksiyali dastur hisoblanadi. Dasturdan faqatgina unumli foydalanish kerak!