Dunyodagi eng sovuq o’lka
Yoqutistonda joylashgan Oymakon shahri. Bu yer juda sovuq bo‘lishiga qaramay maktab, bog‘cha va barcha tashkilot xodimlari o‘z ish faoliyatini doimiy olib boradi. Chunki ular o‘ta sovuq haroratga chidamli. Bu yerda jami 512 kishi istiqomat qiladi. Aholining ko‘p qismi chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Mazkur shaharda ham boshqa shaharlar kabi sivilizatsiya mavjud.
Bu yerda internet, uyali aloqa tizimi hatto aeroportni ham ko‘rishingiz mumkin. Xullas, yashash uchun sharoitlar yetarlicha. Bu yerdagi eng past harorat -71 daraja deb qayd etilgan.Bolalar maktabga harorat -50 darajadan yuqori bo‘lgandagina chiqishmaydi. Bu yerliklarning qishki kiyimlari bizniki kabi emas. Hayvon terisidan tikilgan kiyimlarni kiyishadi. Bu matolar sovuqdan ancha-muncha saqlaydi.