Bolaning issig’i borligini qanday bilish mumkin

🤒Bolaning issig’i borligini qanday bilish mumkin


Kattalar o’zlarida isitmani ma’lum bir alomatlar orqali aniqlab olishlari mumkin, jumladan:


-Zaiflik


-Bosh og’rig’i


-Varaja va titroq.


-Ishtaha yo’qolishi.


-Mushaklarda og’riq.


-Terlash


Tili chiqqan bolalar ham yuqoridagi kabi alomatlardan shikoyat qilishlari mumkin. Biroq chaqaloqlarning issig’i chiqqanda ular o’z holatini ifodalab bera olishmaydi. Shu tufayli haroratni o’lchash uchun ko’rsatma bo’lib quyidagi belgilar xizmat qiladi:


Ovqatlanish yoki emishdan bosh tortish.


-Yig’lash, bezovtalanish.


-Uyquchanlik, charchoq, passivlik.


-Peshonani ushlab ko’rish asosida isitma haqida gapirib bo’lmaydi. Faqatgina soz bo’lgan termometr ko’rsatkichiga ishonish mumkin.