Tvdagi BADlar bir martta sotiladi.

⚡️Tvdagi BADlar bir martta sotiladi.


Shunga xech e’tibor berdingizmi? Tv yoki radioda bir martta juda qattiq reklama qilingan maxsulot boshqa qaytib sotilmaydi.


Taqqoslash uchun: Paratsetamol isitma tushirish xususiyati tufayli 60 yildan beri aktiv sotiladi.


🧨 Xo‘sh, endi xaqli savol tug‘iladi. Nega o‘sha mo‘jizaviy vositalar zo‘r bo‘lsa qayta sotilmayapti? Agar chindan ham og‘riqlarni qoldirib davolasa, nega uni qayta qayta reklama qilinmaydi?


Javob aniq — Ular fosh etilguncha sotiladigan maxsulotlardir!


Odamlar umid bilan ichishadi, ta’siri bo‘lmagach yangi vositani qidirishadi. Aynan shuni o‘sha biznesmenlar bilishadi va xar safar bir krug aylangach, yangi maxsulotni reklama qilishadi.


O‘zingiz kasalsiz, cho‘ntagingizni ham kasal qilmang.


👉 @acramov 👈