❓ Tish milki nega ogriydi?
🔷 Milk — bu tishlar orasini to‘ldirib turadigan va dentinga mahkam yopishib turadigan to‘qima hisoblanadi.
🔘 Sabablari: og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga to‘g‘ri rioya qilmaslik, ayrim turdagi dorilarni ko‘p qabul qilish, mexanik jarohatlar natijasida, organizmga oziq moddalar yetarli miqdorda bo‘lmaganda, chekish hamda boshqa somatik va tish kasalliklarida.
✅ Davolash: stomatolog ko‘rigidan so‘ng, keltirib chiqargan sababiga ko‘ra davo muolajalari olinadi.
❗️Tavsiya:
✔️Milk og‘riganda yallig‘lanishga qarshi moychechak (romashka) hamda mavrak (shalfeya) o‘simligidan damlama tayyorlab, 1 kunda 2-3 marta og‘izni chayqash.
✔️2 choy qoshiq 3% li vodorod peroksid eritmasini 1 stakan suvga solib, og‘iz bo‘shlig‘ini 2-3 marta chayqash tavsiya etiladi.