Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar
Avtomobil yo’lidagi tirbandlikdan aziyat chekmagan haydovchining o’zi bo’lmasa kerak! Ayniqsa, ishga yoki muhim bir uchrashuvga shu tirbandlik tufayli kechikish naqadar a’lamli! Aytishlaricha, telefon qo’n’girog’ini tinglash uchun odam Umrining 4 kuni sarflanar ekan, tirbandlikda esa odam yiliga 4 kunini sarflar ekan!
London juda katta megapolisdir, shuning uchun bu yerda avtomobillar juda ko’p. Reytingda «sharafli» birinchi o’rinni London egallaydi. Londonliklar yiliga o’rtacha 101 soatni tirbandlikda o’tkazadilar. Ikkinchi o’rinda Los-Anjeles o’zining ulkan tirbandliklari bilan mashhur, aholisi yiliga o’rtacha 81 soatni tirbandlikda o’tkazadi. Vashington reytingda uchinchi o’rinda. Aholi tirbandliklar haqida shikoyat qiladi. Ular tirbandlikda yiliga o’rtacha 75 soat sarflashadi.
Siz yiliga nechi soat tirbandliklarda qolib ketasiz?