Google play market’ning daromadi qancha?

Google play market’ning daromadi qancha?


Google Play ilovalar do’konining 2019 yildagi moliyaviy ko’rsatkichlari birinchi marotaba Google IT giganti bilan o’tkazilgan monopoliyaga qarshi jarayonlar natijasida oshkor qilindi.


Internet-do’konning yillik daromadi qariyb $11,2 milliardni tashkil etdi. Bu pul ilovalarga kirishni sotishdan, shuningdek, ichki tranzaktsiyalardan va ilova ichidagi reklamalardan olingan daromad hisoblanadi.


AQShda Google’ga qarshi bir qancha sud jarayoni boshlangan. Da’volar Google Play platformasini boshqaruvchi kompaniya siyosatiga taalluqlidir. Xususan, Android’ning uchinchi tomon dasturlarini ishlab chiqaruvchilari Google obuna va kontentni sotishda o’z to’lov vositalaridan foydalanishga majbur bo’lishidan va sotishdan 30% gacha komissiya olishidan norozi bo’lgan.