Hech qanday sport va parhezsiz haftasiga 4 kg dan ozish!

😱Hech qanday sport va parhezsiz haftasiga 4 kg dan ozish!


🥤Turli xil ozdiruvchi kokteyllar va detoxlar yordamida hech qanday jismoniy mashqlar va to’g’ri ovqatlanish rejimisiz vazn yo’qotish tibbiyot nuqtai nazaridan haqiqatga to’g’ri kelmaydi.


😔 Agar sizda ortiqcha vazn bo’lsa va siz undan xalos bo’lmoqchi bo’lsangiz, endokrinolog hamda dietolog shifokor qabuliga boring. Ular avval ortiqcha vazinning sababini aniqlab, shunga ko’ra undan xalos bo’liahga yordam beradi.


🤔 Nega ekan! Axir mening yaqin dugonam(do’stim) shu kokteyllardan ichib ozdiku? Deydiganlar diqqatiga❗️


— bu kokteyl va detoxlarning 100% tabiiy va zararsizligiga hatto shu firmalarning menejerlari ham ishonishmaydi.


🍏 To’g’ri ovqatlanishni va jismoniy mashqlarni o’zingiz uchun odat tusiga kiritsangiz shu ichimliklarsiz ham vazn yo’qotasiz!


Agar ortiqcha vazn sababi kam harakatlilik bo’lsa, sizga million so’mlik kokteyllar ham yordam bera olmaydi🏃🏃‍♀️


Manba: uzb va rus 🇺🇿🇷🇺 shifokori chempionlar dietologidan.