Quloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul?

❓Quloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul?


Tibbiyotda quloqlarni teshtirishning aniq yoshi ko‘rsatilmaydi.


🟢3 yoshgacha quloqlarni teshishning ijobiy tomonlari:


• bunday yoshda bola og‘riqni kuchli his qilmaydi;


• qo‘rquv va unga bog‘liq stress ehtimoli kam bo‘ladi;


• bitish jarayoni tez kechadi;


• teshilgan joyda chandiqlar hosil bo‘lmaydi.


🔴3 yoshgacha quloqlarni teshishning salbiy tomonlari:


• bola intensiv o‘sishda davom etadi va quloqning teshigi solinchiqning o‘rtasida bo‘lmay qolishi mumkin;


• kichkintoyga quloqlariga teginish mumkin emasligini tushuntirish qiyin, natijada bitish jarayonida u joyga infeksiya tushish ehtimoli oshadi;


• bola o‘ynayotganida zirakchasi biror narsaga ilinib qolishi mumkin yoki yechilib ketganda bola uni yutib yuborishi mumkin.


❌ Quloqlarni teshishni qachon orqaga surgan ma’qul?


• nevrologik muammolar bo‘lganida;


• qon kasalliklarida;


• bolaning allergiyasi bo’lsa


• yaqinda biror kasallikka qarshi emlangan bo‘lsa.


Manba: Rambler Weekend