O‘zbekistonda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi


1 sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.


Unga ko‘ra:


— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;

— bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;

— yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;

— bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;

— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;

— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;

— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha, pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m etib belgilandi.