Kompyuter va salomatlik
💻 Kompyuter ish, taʼlim, hordiq jarayonining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ammo undan uzoq vaqt va noto‘g‘ri foydalanish nafaqat ko‘zlar, balki umumiy salomatlik uchun ham zararli ekanligi sir emas.
Bu zararlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Quruq ko‘zlar sindromi va ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
• Gavdani tik tutmaslik natijasidagi skolioz;
• Harakatsizlik natijasida ortiqcha vazn yig‘ish, mushaklarning zaiflashuvi;
• Uzoq vaqt kompyuterdan taraladigan nurlar ta‘sirida quvvatsizlik, bosh og‘rig‘i.
❗️Mazkur noxushliklar kelib chiqmasligi uchun bir nechta oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak.
Ko‘zlar uchun:
👀 Ko‘zlarni tez-tez yumib ochishga odatlaning. Bu ko‘z shilliq qavati namlanib turishini taʼminlaydi;
💦 Ko‘proq toza suv iching (shirin, gazlangan ichimliklar emas). Bu organizmda suv-tuz muvozanatini me’yorida ushlaydi;
👨💻 Ko‘z va monitor oralig‘i 60-70 santimetrdan kam bo‘lmasligi shart;
💊 Faoliyatingiz kompyuter bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ko‘zni namlantiruvchi tomchilardan shifokor bilan maslahatlashgan holda foydalanish mumkin.
⏱ Kompyuterdan foydalanishda har 25-30 daqiqada ko‘zni chiniqtiuruvchi mashqlarni bajaring:
1. Ko‘zlarni 2 daqiqa davomida tez-tez pirpirating;
2. Ko‘z soqqasi bilan aylanma va yuqoriga-pastga qarash harakatlarini bajaring;
3. Deraza yoniga kelib, ko‘chada maksimal uzoqlikda turgan jismni ilg‘ab, unga qattiq tikilib qarashga harakat qiling;
4. Ko‘zlarni yumib, sokin holatda 5-6 daqiqa yoqimli ranglarni tomosha qilayotgandek tasavvur qiling.
👓 Ko‘zni himoyalovchi koʻzoynaklardan foydalaning (bunday koʻzoynaklar haqida batafsil (https://kun.uz/uz/13622125)).
Umumiy salomatlik uchun:
🚶Ishga sho‘ng‘ib, jismoniy faollik haqida unutib qo‘ymang. Har 1-2 soatlik ishdan so‘ng, o‘rningizdan turib, yengil badantarbiya mashqlarini bajaring. Imkon bo‘lsa, 1-2 daqiqa toza havoda sayr qilib keling.
🙎🏻♂️Gavdani to‘g‘ri tuting. Bu nafas olish maromi va umurtqa holati uchun muhim (qanday to‘g‘ri tutish kerakligi post ostiga birikritilgan rasmda ko‘rsatilgan).
🥗 Taomnomani A, B, C vitaminiga boy mahsulotlar (yog‘li baliq navlari, jigar, sariyog‘, dengiz mahsulotlari, sabzi, qizil bulg‘or qalampiri, pomidor, petrushka, xurmo, sitrus mevalar) bilan boyitish ham ko‘z, ham umumiy salomatlik muhofazasi uchun kerak.
✅ Haftada bir marta kompyutersiz kun eʼlon qiling.
📝 Manba: @soglomhayotuz