Ishonchni oshirsa bo‘ladimi?
— Albatta, bo‘ladi!
• O‘tmishdagi xatolar va kelajak haqidagi xom xayollarni bir chekkaga surib, hozirgi real holatingizga boqing. Qo‘lingizdan keladigan ishlar ro‘yxatini tuzing. Ishoning, bu ro‘yxat siz o‘ylaganingizdan kattaroq.
• Siz omadli inson ekanligingizga, avvalo, o‘zingiz ishoning. Negativ fikrlarni unuting. Siz kuchli va aqllisiz. Diqqat markazida bo’lishga loyiq insonsiz. Siz buyuk ishlar uchun yaratilgansiz.
• Har kuni keyingi kun uchun imkoniyatingiz doirasida rejalar tuzing. Keyingi kun oxirida esa o‘sha rejalar sarhisobini qiling. Keyingi hafta, keyingi oy, keyingi yil uchun ham rejalar tuzishingiz mumkin:)