Oʻzbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?

Oʻzbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?


Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 2 mln 971 ming soʻmni tashkil qildi.


Shundan:

— Moliya va sug’urta faoliyati — 7,1 mln so’m;

— Axborot va aloqa — 5,1 mln so’m;

— Tashish va saqlash — 3,7 mln so’m;

— Sanoat — 3,7 mln so’m;

— Qurilish — 3,69 mln so’m;

— Savdo — 2,9 mln so’m;

— Ta’lim — 2,2 mln so’m;

— Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmat — 2 mln so’m;

— Boshqa sohalar — 3,1 mln so’m.


Qayd etilishicha, oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sugʻurta iqtisodiy faoliyatida — 7 mln 111 ming soʻm yoki respublika koʻrsatkichidan (2 mln 971 ming soʻm) 2,4 barobar yuqori ekanligi aniqlandi.


Siz qancha maosh olasiz?


@NarxiQancha | Manba (https://www.spot.uz/oz/2021/07/26/salary/?utm_source=push&utm_medium=telegram)