YouTube’da hech qanday kanal ochmay turib, pul ishlasa bo’ladimi?
― Ha, bo’ladi. Qanday qilib deysizmi? Siz ko’plab YouTube blogerlarga video tayyorlab berishingiz mumkin. Misol uchun aytadigan bo’lsak, jurnalistik videolar tayyorlagan holda, o’yinlar uchun lifehack’lar tayyorlab, turli xil fakt va ma’lumotni videolar tayyorlash orqali, kompyuter va telefonni o’rganishga oid video darslik tayyorlab va shu kabi videolar orqali anchagina daromad topishingiz mumkin.
― O’rtacha har bir video uchun 30 000 so’mdan 500$ gacha undan ham ortiq pul to’lashlari mumkin va siz boshqa chet tillarini, bilsangiz chet el blogerlari ham ishlashingiz mumkin.
― Buning uchun sizga o’rtacha 1500$ xarajat ketar ekan. Kompyuter, wi-fi, stol va stul kabi foydalanish uchun narsalar olishingiz kerak.
― Mijozlarni topishga kelsak, siz blogerlarga o’z takliflaringiz bilan chiqishingiz mumkin. Agar ishingiz sifatli bo’lsa, albatta ular sizni videolaringizni sotib olishadi.
P.s. Portfolio tayyorlab olishni unutmang!