Islom banklaridagi kredit siyosati qanday?

Islom banklaridagi kredit siyosati qanday?


Islom bankida kredit ustiga marja va bank xizmatlari qo‘shilib, kredit foizi chiqariladi. Ustamalar o‘z o‘zidan oshmaydi va penya tushunchasi umuman yo‘q. Jarimalar bor, lekin ular bir marotaba qo‘yiladi, qo‘yilish sababi esa mijozni tarbiyalash. Undirilgan bu mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xayriya maqsadlariga sarflaydi. Vaholanki, islom moliyalashida jarimaga foyda sifatida qaralmaydi va u harom hisoblanadi.


Islomiy moliyalashda kreditlar eng uzog‘i 5 yil muddatga beriladi va undayam puldan foiz undirish man qilingan, aytaylik, bitta telefonni 21 ming so‘mga oldim, lekin uni 23 ming so‘mga sotaman, deb ochiq aytadi. Ya’ni mijoz olayotgan mahsulotini aniq narxini va ustiga qo‘yilgan ustamani biladi va shunga rozi bo‘ladi. Bunda ular foiz emas, balki ustamani to‘laydi.


Faqat Islom banklarida 2,5% zakot mavjud. Ushbu soliq badavlat musulmonlardan olinadi va muhtoj musulmonlarni ta’minlash uchun yo’naltiriladi.