Dizaynerlik orqali ham pul topsa bo’ladimi?

Dizaynerlik orqali ham pul topsa bo’ladimi?


📌Ha albatta bo’ladi — sizga kompyuter ham kerak bo’lmaydi.


— Avvalo Play Marketga kirib «Pixellab» yoki «Ps Touch» nomli dasturni yuklab olasiz. Bu dasturlar sizga suratlar ustida ishlashingizga yordam beradi.


— Keyin esa YouTubega kirib dasturlarni qanday ishlatish haqida tushuncha oling. So’ng o’z ustingizda ishlang. Katta-katta dizaynerlardan maslahat so’rang va ishingizni baholating.


— Oddiy misol qilib siz o’rta darajada dizaynerlikni o’rgansangiz yaxshi daromad topasiz. Biror telegram yoki YouTube kanal uchun suratlar ishlab berasiz. Bitta prevyu narxini — 25.000 so’mga baholasak, oyiga 100 ta yasasangiz 2.500.000 so’m bo’ladi. Agar siz kuchli dizayner bo’lsangiz bu ko’rsatkich bir necha barobarga oshadi.


P.s. Asosiysi tanqidni to’g’ri qabul qiling va xatolaringiz ustida ishlang!