Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi?

❓ Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi?


✍️ Shifokor Farrux O‘rmonov:


🚘 Mashina konditsioneridan noto‘g‘ri foydalanish nafas yo‘llarining kasalliklariga olib kelishi mumkin.


✅ Konditsionerning salbiy ta’siridan saqlanishga yordam beradigan tavsiyalar:


🔹 avtoulov konditsionerining sovitish darajasi asta-sekin oshirib borilishi lozim. Haroratning keskin sovishi kasallanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.


🔹 Konditsioner filtrlarini almashtirib turish kerak, chunki ushbu filtrda xavfli bakteriyalar, mog‘or va chang paydo bo‘lishi mumkin va siz konditsionerni yoqqaningizda mikroblarning barchasi havoga otilib chiqadi va siz undan nafas olasiz.


🔹 Konditsioner havoni quritadi va shunga ko‘ra, quruq havo tananing shilliq qavatini quritadi. Buning oldini olish uchun tashqaridan havo qabul qilish moslamasini yopib qo‘ymasligingiz kerak.