Uyqusizlikka qarshi kurashishning eng samarali usuli.

Uyqusizlikka qarshi kurashishning eng samarali usuli.


Uyqusizlik zamonamiz odamlari orasida keng tarqalgan kasallik, unga chalinganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, insomniya (uyqusizlik)dan erkaklarning 30 foizi va ayollarning 37 foizi aziyat chekadi. Mutaxassislar uyqusizlikka qarshi kurashishdagi eng samarali usul uyqu oldidan dush qabul qilish ekanligini aytishgan.


Dush qabul qilish vaqtida suv bosimi kuchli boʻlishi kerak, bu gidromassaj effektini hosil qiladi. Natijada tana mushaklari boʻshashadi va uyquga ketish osonlashadi. Mutaxassislar uyqusizlikdan aziyat chekuvchi odamlarga argʻamchi sakrashni ham maslahat berishgan. Odam organizmiga doimiy ravishda harakat kerak, ammo ish kunidan keyin har doim ham harakat qilishga xohish boʻlmaydi. Ana shunday vaqtda argʻamchi sakrashning foydasi katta boʻladi.