Semirish uchun kichik tavsiyalar:
✓ Ovqatlanishdan avval, albatta, biror ishtaha ochuvchi: meva yoki sabzavotdan tayyorlangan sharbat ichishdan, ziravorlardan boshlang.
✓ Kuniga kamida olti mahal va iloji boricha bir xil oraliqda tamaddi qiling.
✓ Ovqatlanib bo‘lgach, biroz muddat hech qanday jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmay, hordiq chiqaring.
✓ Limono‘t (melissa)li damlama ham tana og‘irligini oshirish xususiyatiga ega.
✓ Tezda vazn ortishiga yordam beradigan xamirli, qovurilgan taomlar hamda shirinliklarni odatdagidan ko‘proq iste’mol qiling, ammo ular taomnomangizni asosiy qismini egallashi shart emas.
✓ Uglevodlar, oqsil va yog‘ (asosan o‘simlik yog‘i)ga boy bo‘lgan taomlarni iste’mol qiling.
✓ Sportning biroz og‘ir turlari bilan shug‘ullanish va ortiqcha asabbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik tavsiya qilinadi.
@taomlanish_ilmi