🌿🗝Yomon tush ko‘rishimizning sababi nimada?100%
🌿🗝Har qanday odam ham ba’zan yomon tushlar ko‘rishi mumkin, lekin u tez-tez takrorlanib tursa, bu yoqimsiz holat sabablari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
🌿🗝Uyqu oldidan achchiq taom yeyish
Uxlashdan oldin achchiq ovqatlar yeyish yomon tushlar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin. Achchiq taomlar metabolizmni va tana haroratini oshirish xususiyatiga ega, bu esa o‘z navbatida uyquning tush ko‘rish bosqichida miya faolligining oshishiga olib keladi.
🌿🗝Uyqu oldidan televizor ko‘rish
Bizning tushlarimiz — fikr va tasavvurlarimiz mahsulotlari hisoblanadi, shuning uchun miyamiz ko‘rgan kinolarimiz yoki o‘qigan kitoblarimizdan olgan ma’lumotlarga katta ahamiyat beradi va bu holat ko‘rayotgan tushimizda aks etadi.
🌿🗝Uyquga to‘ymaslik
Uyqusiz o‘tgan tundan keyingi kecha uyqusining yuqori fazasida miya aktivligining oshish holati yuz beradi. Bu holat ham ancha yorqin va shiddatli tushlar ko‘rishga sabab bo‘ladi.
🌿🗝Surunkali stress
Kun davomida kechirilgan stress va yuqori xavotirlik miyaga salbiy ma’lumotlar yetkazish orqali uyqu sifatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Miya aynan tez uxlash fazasida eng kuchli hissiyotlar keltirib chiqaradi.
🌿 🌙 Yaqinlaringizga ham ulashing!