Chaqaloqlarda iyak titrashi normal holatmi?
3-oygacha bo’lgan go’daklarda iyak titrashi normal holat hisoblanadi. Iyak titrashi ko’pincha oziqlantirish(emizish) yoki cho’miltirish vaqtida, yig’lash jarayonida, ba’zan esa uyqu vaqtida ham yuzaga keladi. 3 oydan katta bolalarda esa nevrologik yetilmaganlik yoki patologik holat belgisi bo’lishi mumkin.
Iyak titrashining fiziologik va patologik sabablari:
▪️Fiziologik titrash 3 oylikkacha bo’lgan go’daklar uchun xarakterli hisoblanadi. Asosan chala tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sabablari: gormonlar ta’siri, ochlik, diskomfort xona harorati, yorqin yorug’lik, qattiq shovqin, tana holatini birdan o’zgartirish, og’riq his qilish.
▪️Patologik iyak titrashiga miyadagi gipoksiya, kalla ichi bosimining ortishi, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqa buzilishlar sabab bo’lishi mumkin.
© Doctor Muxtorov