Phd (Doctor of Philosophy) — doktorlik ilmiy darajasi, odam erishishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajadagi akademik malaka.
PhD tadqiqotchilari orasida ruhiy salomatlik yomonlashishi oliy ta’lim muassasalarida muammo sifatida ta’kidlanmoqda. Ammo PhD tadqiqotchilari orasida ruhiy salomatlik yomonlashishining sababi va moyilligi bilan bog‘liqsavollar haligacha oʻz javobini topmagan. Doktor Kessi Hezel va doktor Klio Berri PhD tadqiqotchilari va ularning turli kasbdagi tengdoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan qiyosiy tadqiqot haqida xabar berar ekan, PhD tadqiqotchilari tengdoshlariga qaraganda ruhiy salomatligi zaif ekanini aniqladilar. Ular PhD tadqiqoti va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi ichki va individual bog‘liqlikka qarshi bahslashar ekan, ruhiy salomatlik xavfiga hissa qo‘shadigan madaniyat va ishdagi muhitni ko‘rib chiqishda tashkilotlar muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
Soʻnggi yillarda doktorantlar orasida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar umumiy (keng tarqalayotgani)ligi haqidagi dalillar oshib bormoqda. Mazkur izlanishlar yosh tadqiqotchilarimizning sog‘ligi va akademiyaga nufuziga zarar haqida ilmiy doiralarda tashvish tug‘dirdi. Ushbu tadqiqotlarning har biri sohaga muhim hissa qo‘shgan, ammo haligacha javobsiz qolgan ba’zi asosiy savollar bor:
— Bu muammo ma’lum bir ilmiy jamoalar yoki davlatlar bilan chegaralanganmi?
— Mazkur izlanishlar oʻzida doktoranturaga oid muammolarning yoki oliy ta’lim mutaxassisligi darajasidagi kasbda bo‘lishning ruhiy salomatlikka ta’sirini aks ettiradimi?
— Doktorantlar orasida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar klinik jihatdan ahamiyatlimi?
Biz bu savollarga doktorlik tadqiqotchilarining ruhiy salomatligini tushunishning qismi sifatida javob berishga harakat qildik. Bu uchun Buyuk Britaniyada 3300 nafardan ortiq doktorant va 1200 dan ziyod mutaxassisdan iborat nazorat guruhida ularning ruhiy salomatligi haqida so‘rov o‘tkazdik. Eng so‘nggi nashrimizda, bu ikki guruh o‘rtasida ruhiy xastalik simptomlari mavjudligi va darajasiligini taqqosladik. Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vazirligida depressiya va tashvish alomatlarini baholash uchun foydalaniladigan mezonlarni qo‘llagan holda, doktorantlar depressiya va tashvish alomatlari bilan ko‘proq duch kelishini va og‘irroq simptomlarga ega ekanini aniqladik. Biz bu guruhlar orasida o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha hech qanday farq topmadik. Ammo o‘tmishdagi o‘z joniga qasd qilish fikri va xatti-harakati hamda kelajakdagi o‘z joniga qasd qilish niyatiga bog‘liq so‘rov javoblari odatda ikkala guruhda ham yuqori baholandi.
Biz doktorantlardan ularning ruhiy salomatlik haqidagi tasavvurlari va hayotiy tajribasi haqida so‘radik. Afsuski, doktorantlarning 42 foizi doktorlik dissertatsiyasi davomida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishlarini odatiy hol, deb hisobladi. Bundan tashqari, aniqlashimizcha, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq tanaffusga ega 14 foiz tadqiqotchi ruhiy salomatlik uchun o‘qishdan tanaffus qilish kerak, deb hisoblaydi. Nihoyat, PhD talabalarining 35 foizi ruhiy salomatligi tufayli o‘qishlarini butunlay tugatish haqida o‘ylab ko‘rishdi.
Biz ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar universitetda doktorlik darajasida o‘qishini davom ettirish ehtimoli ko‘proq degan nazariyani ilgari sura olamiz. Boshqacha qilib aytganda, aynan doktorlik dissertatsiyasini yozish hech qanday tarzda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmaydi va bu natijalar oldindan mavjud bo‘lgan sharoitlar mahsulidir. Ushbu tushunchadan farqli o‘laroq, ruhiy salomatlik muammolarining dastlabki tashxisi haqida xabar berish uchun doktorantlar ishlaydigan mutaxassislarga qaraganda ko‘p emasligini aniqladik va agar biror narsa bo‘lsa yoki ularda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, bu jarayon ishlaydigan mutaxassislarga qaraganda doktorantlar hayotida kechroq boshlanadi. Bundan tashqari, biz ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar tarixini koʻrib chiqqandan keyin hozirgi ruhiy tushkunlik va tashvish alomatlariga doir natijalarimiz ham saqlanib qolishini aniqladik.
Ushbu maqola va U-DOC loyihasi bo‘yicha boshqa ishimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, PhD talabalari ruhiy salomatlik muammolarini boshdan kechirish uchun zaif ko‘rinadi. Biz bu zaif ruhiy salomatlikning asosiy prognozchilari bo‘lish uchun bir qancha omillarni topdik; ayniqsa, doktorlik dissertatsiyasidan tashqari qiziqish va munosabatlarga ega bo‘lmaslik, talabalarning perfeksionizmi, yolg‘on fikrlari, ularning nazoratchi munosabatlari, yakkalanish, moliyaviy ishonchsizlik va PhDdan tashqari stress omillarining ta’siri kabilar.
Demak, doktorlik dissertatsiyasini bajarish sizning ruhiy salomatligingiz uchun yomon degan ma’noni anglatadimi? Doimo emas. PhDning ruhiy salomatlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga yoʻl ochadigan bir qancha jihatlari mavjud, ammo bu mutlaqo muqarrar emas. Bizning tadqiqotimiz (va o‘z tajribamiz!). PhD qilish ahamiyat va maqsad hissini beradigan, qoniqtiradigan, intellektual rag‘batlantiruvchi ijobiy tajriba bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutadi. O‘z ishimizdan kelib chiqadigan to‘g‘ri xulosa shuki, ko‘pgina akademik muassasalarda va kengroq sektorda mavjud infratuzilma, tizimlar va amaliyotlar PhD talabalarining ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar xavfini oshirmoqda hamda mazmunli va qiziqarli tadqiqotni davom ettirish zavqini yo‘qotmoqda.
“PhD tadqiqotlari ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib keladi” degan umumiy ritorik masalani kamaytirish bir necha sabablarga ko‘ra muammoli: birinchidan, inson, zamon va makon bo‘ylab zaif ruhiy salomatlik xavfi o‘zgaruvchan darajada oshadigan yoki kamayadigan ishda ko‘plab o‘zaro ta’sir qiluvchi qismlarga e’tibor bermaydi. Ikkinchidan, biz o‘rganishimiz va kengroq tatbiq etishimiz mumkin bo‘lgan sohadagi ijobiy tajriba manbalarini tan olmaydi. Va nihoyat, o‘zi qoniqadigan bashoratchi bo‘lish va bevosita ma’noli narsada tezisni davom ettirish zavqini inkor etadigan PhD talabalari uchun ruhiy salomatlik zaifligi oddiy hol degan tushunchani qo‘llab-quvvatlaydi.
Shunga qaramay, PhD o‘qish hamma uchun haqiqatan ham qiziq va qoniqarli jarayon bo‘lishi uchun mavjud ekologik omillarni kamaytirish orqali akademiyada sezilarli paradigma o‘zgarishiga ehtiyoj bor.
Ushbu maqola blogs.lse.ac.uk saytidagi “Is doing a PhD bad for your mental health?” nomli maqolaning tarjimasi.