2-qism. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol

Quyida biz odatlangan fikrlash doirasidan tashqariga chiqishga undovchi savollar keltirilgan.
Maqolaning 1-qismi → 1-qism: tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol.


Aniq fanlarga oid tanqidiy fikrlash savollari

Ushbu sohalar uchun tanqidiy fikrlash eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Quyida keltirilgan savollar aniq fanlarning oʻziga xosligi bilan birgalikda, turli xil muammolar ustida ishlash davomida ahamiyat qaratish kerak boʻlgan sifatlar haqida bosh qotirishga undaydi.


freepik.com
Qanday istisno holat evolyutsiya nazariyasini rad qilishi mumkin?
Sizningcha, agar atom energiyasi hech qachon qurol sifatida ishlatilmaganida, hozirgi hayotimiz qanday boʻlishi mumkin edi?
Agar boshqa rivojlangan dunyoni kashf etish imkoni boʻlganida, u qanday koʻrinishda boʻlar edi? Bu ikkala dunyo uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etgan boʻlardi?
Agar kimdir sizdan Yerning ogʻirligini oʻlchashni soʻrasa, buni qanday amalga oshirardingiz?
Imkoni boʻlganida odamlarni yaxshiroq turga aylantirish uchun ularni genetik jihatdan qanday oʻzgartirardingiz?
Insoniyat qancha payt yashasa texnologiya ham shu davr mobaynida toʻxtovsiz rivojlanadi, deb oʻylaysizmi yoki u qachondir yoʻq boʻlib ketishi mumkinmi? Umuman olganda, uni toʻxtatish kerakmi?
Agar odamlarning oʻrtacha umr koʻrish darajasi sezilarli darajada oʻzgarsa (oshsa), bu insoniyatga qanday ta’sir etishi mumkin?
Inson tanasini abadiy tirik saqlash mumkinmi? Nega?
freepik.com

9. Agar ___________ (insondagi xohlagan bir a’zo) juda kuchli ishlashni boshlasa, bu ta’naga qanday ta’sir etishi mumkin?
10. Ilmiy tartib-qoidalar va ruhiy rivojlanish nizomlari qachondir yagona qoidalar tizimiga aylanishi mumkinmi? Qanday qilib?
11. Tabiatda oʻziga xos tartib mavjudmi yoki bu tartibsizlik va tasodifmi? Nega bunday deb oʻylaysiz?
12. 30 yildan keyin hayot qanday boʻlishi mumkin?
13. Sizningcha, yerdan tashqaridagi hayotning kashf qilinishiga insoniyat qanday munosabatda boʻladi?
14. Qaysi yoʻl bilan atrof-muhit, tabiat va butun borliqni samarali tozalash mumkin? Nega bunday fikrdasiz?
15. Texnologik yutuqlar natijasida inson tanasi quvvatini qanchalik oshirish mumkin? Nima uchun?
16. Juda koʻp bilimlarni egallash mumkinmi? Nega?
17. Olam chindan ham “cheksiz” ekaniga qanday amin boʻlishimiz mumkin?
18. Qaysi ilmiy kashfiyot insoniyatga eng katta foyda keltirgan,deb hisoblaysiz? Eng katta xavf tugʻdirgani-chi?


Estetik va axloqiy munosabatlar borasida tanqidiy fikrlash savollari

Bu mavzuni muhokama qilish har doim qiziqarli. Ushbu savollardan munozaralarni boshlash yoki ularni qizdirishda foydalanishingiz mumkin.


freepik.com
Haqiqat va fakt oʻrtasidagi farq nima?
Agar butun dunyo rioya qiladigan bir qoidani tanlashingizga toʻgʻri kelsa, bu qaysi qoida boʻlardi? Nega?
Omon qolish uchun sivilizatsiya va tartib kerakmi? Nega?
Hayotingizda hammadan koʻra oʻzgacha munosabatda boʻladigan insoningiz bormi? Agar boʻlsa, ularga qanday munosabatda boʻlasiz? Nega?
Agar sizda yaqin insoningiz qanday oʻlishini aniqlash imkoni boʻlganida, bilishni xohlarmidingiz? Nega?
Agar kimdir sizdan ma’lum bir arzirli sababga koʻra boshqalarni aldashni soʻrasa, siz bunga rozi boʻlarmidingiz? Nega?
freepik.com

7. Kambagʻallarga yordam berish axloqiy burchimizmi? Nega?
8. Sizningcha, ijtimoiy tarmoq (sayt) larni tartibga soluvchi qonunlar qanday boʻlishi kerak? Nega? Bu qonunlar qanday va qaysi mezonlarga koʻra qabul qilinishi kerak,deb oʻylaysiz?
9. Hayot haqidagi qat’iy haqiqatlardan qaysi birini inkor qilishni afzal koʻrasiz? Nega?
10. Galaktikaning qolgan qismini mustamlaka qilish haqida oʻylashimiz kerakmi? Nega?
11. Agar siz biror kishining ma’naviy nuqtayi nazardan jinoyat sodir etganiga guvoh boʻlsangiz, uni jazolaysizmi? Agar yoʻq boʻlsa, nima uchun? Agar shunday boʻlsa, qanday qilib?
12. Nega ba’zi odamlar hokimiyatni hurmat qiladilar, boshqalari esa ochiqchasiga vazifasini suiiste’mol qiladilar? Agar hokimiyat sizda boʻlganida, siz oʻzingizni qanday tutardingiz? Nega?
13. Oddiy hayot kechirish va hech qachon yolgʻon gapirmaslik mumkinmi? Nega?
14. Agar kimdir haqoratomuz hazilni aytsa, bu haqda aytishni burchingiz deb hisoblaysizmi? Nega?
15. Nima uchun qadriyat va e’tiqodlarga ega boʻlish muhim? Ularni qanday qilib mustaqil ravishda shakllantirishimiz mumkin?
16. Insoniyat tabiatan “yaxshi” yoki “yomon” boʻladimi? Nega bunday fikrdasiz?
17. Turli millatlar yaxshilik va yomonlik haqidagi ta’riflarini qanday shakllantirgan?
18. Nima uchun biror gap aytish yoki harakatni qilishdan avval ularning boshqalarga ta’sirini hisobga olish muhim?


Salomatlik yuzasidan tanqidiy fikrlash savollari

Ushbu savollar sogʻlik va salomatlik haqida mulohazakorlik bilan chuqur oʻylab koʻrishga undaydi.


freepik.com
Hayotimizda muvozanatga erishishda sogʻlik qanday ahamiyatga ega? Bunga qanday erishish mumkin?
“Baxt” ning taʼrifi qanday? U hayotimizda qanchalik muhim?
“Yashash” va “tirik boʻlish” oʻrtasida qanday farq bor?
Sogʻlom boʻlish boshqalar bilan munosabatlaringizga qanday taʼsir qiladi?
Nega hayotdan minnatdor boʻlish muhim? Minnatdorlikni qanday qilib kundalik odat tusiga aylantirish mumkin?
Hayotingizdagi eng katta muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning omili nima deb hisoblaysiz?
Agar hayotingiz uchun zararli, deb hisoblagan uchta odatdan voz kechishingiz mumkin boʻlganida, bular qaysilar boʻlardi? Nega?
freepik.com

8. Agar barchamiz boʻlayotgan ishlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga qat’iy e’tibor qarata boshlasak, hayotimizdagi hamma narsa yaxshi tomonga oʻzgaradi, deb oʻylaysizmi?
9. Oʻzlari uchun davolanishga oid qarorlar qabul qila olmaydiganlarga qanday yordam berishimiz mumkin?
10. Shaxsiy muammolaringizni qanday hal qilasiz? Bu usul boshqalarga ham yordam berishi mumkinmi?
11. Qachon hayotingizda biror narsa boshlanishida qoniqarsiz boʻlib, lekin qoyilmaqom tarzda tugagan?
12. Boshqa odamlar biz haqimizda turli xil fikrlar bildirib qarorlarimizga taʼsir qilayotgan jamiyatda qanday qilib oʻzimiz uchun toʻgʻri qaror qabul qilishimiz mumkin?
13. Ijtimoiy va psixologik omillar tufayli oʻzlarini yolgʻiz va ishonchsiz his qiladigan odamlarga qanday yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash mumkin?
14. Mojarolar toʻgʻri oʻzgarishlarga va barcha uchun ijobiy natijalarga olib kelishini qanday taʻminlashimiz mumkin?
15. Agar kelajak avlod uchun meros qoldirishingiz kerak boʻlsa, bu nima boʻlardi? Nima uchun?


Talabalaringiz (farzandlar, doʻstlaringiz) har doim yangi ma’lumot topganda yoki ular haqida gaplashganda, ushbu savollarni munozara va fikr almashish uchun ishlating. Bu savollar orqali birgalikda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishingiz mumkin.


Muallif: Li Vatanabi-Kroket. Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (2-qism).