2-qism. Onlayn-ta’limni yetkazib berish modellari: batafsil tavsif

Maqolaning 1-qismini bu yerda o‘qing → sinaps.uz/maqola/3414


Aralash/gibrid kurslar va teskari sinfxona

Aralash yoki gibrid kurslar onlayn va yuzma-yuz sinf vaqtini tizimli ravishda birlashtiradi. Bu yondashuvda turli kontentlarni yetkazib berish va interaktiv harakatlar mavjud boʻlsa-da, mantiqiy kengaytma “teskari sinfxona” deb nomlanadi. Teskari sinfxona modeli anʼanaviy maʼruzalarni odatiy dars soatlaridan onlayn yetkaziluvchi dars soatlariga bogʻlashni talab qiladi. Yuzma-yuz dars vaqti mavzuni tanishtirish uchun emas, balki, amaliyot uchun foydalaniladi. Keyin esa oʻqituvchida har bir oʻquvchiga maʼlum narsani tushuntirib berishi uchun vaqt boʻladi. Teskari sinfxonalar 200 yildan beri mavjud. Ammo ular yaqindagina har ikkala oliy taʼlim va kollej ta’lim tizimida katta oʻsishga erishdilar.


pexels.com

Bir necha fanlarga oid 3400 ta video-darslikdan iborat Khan Academy teskari sinfxona tushunchasini ommalashtirishdagi yetakchi kuchdir. Khan Academy video darsliklari bepul va barcha uchundir. Onlayn-maʼruza va kontentni tarqatishni shakllantirishning eng keng tarqalgan yoʻli — materiallarni onlayn tarzda tushuntiruvchi oʻqituvchilardir. Khan Academy video darsliklari asosan K-12 ta’lim tizimi matematikasiga yoʻnaltirilgan boʻlishiga qaramasdan, yangi investitsiyalar matematikadan tashqari boshqa fanlarni ham qamrovchi mahsulotlar, soʻngra oliy taʼlim darajasidagi mahsulotlarni yaratishga yetaklayapti.


Aralash yoki gibrid yondashuvlarga misollar juda koʻp topiladi. Asosiy maqsad esa, anʼanaviy sinf vaqtini onlayn vositalar orqali samaraliroq tashkil etishdir.


Barcha uchun ochiq onlayn kurslar (BUOOK)

Oʻtgan oʻn yil ichida onlayn-taʼlimni yetkazib berishga bir qancha omillar toʻsiq boʻldi. Ammo oldinroq aytilganidek, koʻp narsalar BUOOK tushunchasi sababli oʻzgarishni boshladi. BUOOK kurslaridan cheklanmagan oʻquvchilar foydalanishi mumkin.


2007–2008-yillarda BUOOK oʻz faoliyatini boshlashdi, Yuta shtat universitetida Devid Vili, Rijina universitetida esa Alek Kuros ochiq onlayn-kurslarni boshqarar edi. BUOOK nomi birinchi boʻlib Brayan Aleksandr va Deyv Kormier tomonidan Stefan Dovnes va Jorj Siemensning “Bogʻliqlik va bogʻliq bilimlar” (CCK08) kursiga murojaati sifatida ishlatilgan. Dovnes aytganidek:


“BUOOKga kiradigan barcha gʻoyalar CCK08 ga kirishi mumkin edi, ammo BUOOKning formati birinchi tayyor boʻldi. Misol uchun, biz Devid Vilining “Ochiq Taʼlimga Muqaddima” sini yoki Alek Kurosning ochiq kursi ECI831 — “Ijtimoiy Tarmoq va Ochiq Taʼlim” ini qoʻshish mumkin edi. Bu ikkita kurs keyinchalik shu sohadagi boshqa ishlarga oʻz foydasini berdi.”


pixabay.com
Onlayn-taʼlim berish modellarining qonuniy asosi

2012-yil yozining boshida Virjiniya Universiteti prezidenti BUOOKlar tomonidan taqdim etilgan onlayn-taʼlimga boʻlgan qiziqish va bu sohadagi qonunchilik sababli isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Qaror qabul qilish jarayoni va aloqalar uzilganligi hamda oxir-oqibatda universitet prezidenti oʻz lavozimiga qaytarilgan boʻlishiga qaramasdan, Tamar Levin New York Timesʼga bergan intervyusida shunday deydi:


Oxir-oqibat, Virjiniya universitetidagi chuqur kelishmovchilik universitet prezidentining bosqichma-bosqich: har bir ovoz beruvchining qatnashuvi orqali yoki radikal yoʻl bilan, yaʼni yuqoridan buyurilgan tarzda ahvolni oʻzgartirish maqsadida qaror qabul qilishi kerakligini oʻzida namoyish etganga oʻxshaydi.


Dragas xonim (Helen E. Dragas, kengash raisi) universitet uchun yangi daromad manbalarini topishda zaruriyat borligini koʻrsatib berishga harakat qildi.


U, ayniqsa, oʻtgan yili “barcha uchun ochiq onlayn kurslar” yoki BUOOKni internetga ega boʻlganlarga bepul taklif qilishni boshlagan va aksariyat universitetlar hali kirishga ulgurmagan sohani egallashga harakat qilayotgan Stanford, MIT va boshqa universitetlar darajasiga yetib olishni, yaʼni onlayn-taʼlim sohasiga qadam qoʻyishni taklif qilayotgan edi.


Balki, oliy taʼlim rahbarlari uchun katta muammo BUOOK yoki boshqa onlayn-taʼlim shakllarining mavjud emasligidir. Ehtimol, bu muammo mashhur taʼlim muassasalari tomonidan internet orqali yetkazib berilayotgan BUOOK, umuman, barcha ochiq bilimlarni ommaviy va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdagi qonuniy asosi boʻlishi mumkin. MIT, Stanford va Garvard prezidentlari onlayn-taʼlimning ahamiyati va salohiyatini ochiq va qatʼiy ravishda taʼkidlashdi. 2012-yil iyun oyida MIT prezidenti boʻlgan L. Rafael Reyf MITx loyihasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi. Stanford prezidenti Jon Hennessi ommaviy ravishda teskari sinfxonalarni qoʻllab-quvvatladi. Garvard prezidenti Dryu Faust edX loyihasi universitetning “bilimlardan foydalana olishlik darajasini va oʻqitish va oʻrganish jarayonlarini rivojlantirish”ni “biz tasavvur qila olmaydigan darajada yuksaltirishi mumkin” ligini koʻrsatib berdi.


pixabay.com

Olti oy oldin onlayn-taʼlimga qarshi eng oson va eng keng tarqalgan bahona — u hech qachon anʼanaviy taʼlim sifatini taʼminlay olmasligi edi. Anʼanaviy institutlar tomonidan taʼkidlangan ushbu holat koʻplab oliy taʼlim prezidentlari va kengash rahbarlarini oliy taʼlimda islohotlarni amalga oshirish kerak yoki mumkinligi haqida fikr yuritishdan uzoq tutar edi. Hozirgi kunga kelib, mashhur taʼlim muassasalari onlayn-taʼlimning qiymati va sifatini baholayotgani va oʻnlab million dollar sarmoya kiritishga tayyor ekanliklari bu dalilni asossiz, deb topishga olib keladi. Ortga suruvchi omillar yoʻq boʻlgandan keyin, universitet prezidentlari va kengashlar islohotlarni ragʻbatlantirishi yoki ularga oʻzlari rahbarlik qilishlari lozimligi belgilandi.


Anʼanaviy taʼlim muassasalari uchun saboqlar

Onlayn–taʼlimdagi oʻsish va yangi taʼlim modellarining paydo boʻlishi bilan bogʻliq soʻnggi yangilanishlar anʼanaviy oliy oʻquv yurtlari uchun toʻrtta yangi jihatlarni koʻrsatib berdi. Ular quyidagilardir:



1. Onlayn–taʼlim bir nechta taʼlim modellari jamlanmasidan iborat.


Har bir taʼlim modelining oʻziga xos xususiyatlari mavjud. OAV dagi mojarolar sababli onlayn-taʼlim modellarini yaxshi anglamagan holda chiqitga chiqarish hech gap emas. BUOOKning Stanford filiali soʻnggi paytlarda ommaviy axborot vositalarining qiziqishlariga sabab boʻlayotganiga qaramasdan, bu onlayn-taʼlimga boʻlgan yangicha yondashuvlardan biridir. Bundan tashqari, onlayn-texnologiyalar va ularga bogʻliq boʻlgan yetkazib berish modellari har doimgidan-da tezroq rivojlana boshladi.


Onlayn-taʼlimga boʻlgan yangi qiziqish ushbu yoʻnalish mohiyatini toʻliq anglamaydigan maʼlum bir guruh aʼzolari tomonidan qaror qabul qilish xavfiga ham olib keladi. Modellar va texnologiyalar haqida boshlangʻich bilimlarga ega boʻlish har qanday anʼanaviy tashkilot uchun foydadan holi boʻlmaydi.



2. Onlayn–taʼlimga oid yangi qonunlar turli bosimlarga olib kelishi mumkin.


Barchasi oʻzgardi. Endilikda, onlayn-taʼlim sohasida yangilangan qonunchilik sababli, anʼanaviy oliy taʼlim muassasalari kengashlarida onlayn-taʼlimga strategik ahamiyat berish muhokama qilinmoqda. Onlayn-taʼlimning anʼanaviy talim muassasalari bilan birgalikda ishlashiga qarshi toʻsiqlar endi yoʻq.


2012-yil iyun oyida Virjiniya universitetida boʻlgan holatdagi kabi onlayn modellarga asoslangan yagona strategiyani ishlab chiqish vazifasi ustida ishlash institut oʻquv kengashi tomonidan berilishi mumkin. Aksariyat institutlarda onlayn-kurs va programmalarni maʼlum bir fakultet yoki kafedralar zimmasiga yuklash va onlayn-kurslar qachon va qanday ishlab chiqilishi kerakligini hal qilish oʻrinli emas. Aksariyat oliygohlar onlayn-taʼlim belgilangan vazifalar va talablarni qanchalik toʻliq va toʻgʻri bajarayotganligini tekshirishi kerak. Endilikda onlayn-taʼlim barcha taʼlim muassasalarining strategik rejasining bir qismi boʻlishi kerak. Hattoki, taʼlim muassasasi onlayn-taʼlimni taklif qilmasa ham.



3. Onlayn-taʼlim talabalarning xarajatlarini kamaytirishi kerak.


Yangi oʻqitish modellarining aksariyati, hatto, eng mashhur institutlarda ham kam xarajatli taʼlim olish imkoniyatini yaratishga moʻljallangan. Biroq, 2011-yilda WCET va Campus Computing Project tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada oliygohlar tomonidan taqdim etilayotgan onlayn dasturlarning deyarli 93 foizi anʼanaviy taʼlimda oʻqish narxi bilan teng yoki undan yuqori deb baholandi. Internet tarmogʻida taʻlim xizmatlarini taqdim qiluvchi yangi modellar ishlab chiqilmaguncha, bozorda boshqa raqobatchilar boʻlmaganligi sababli, anʼanaviy taʼlim muassasalarida loyihalar narxini pasaytirishga yetarlicha bosim yoʻq edi. Yangi modellarning uzoq davom etadigan taʼsirlaridan biri, onlayn-taʼlim xarajatlarining kamaytirishda qoʻl kelishini tushunib borishdir.


Bu oliy taʼlim tizimidagi sogʻlom oʻzgarishdir. Onlayn-taʼlim iloji boricha kam xarajatli tuzilmalarni yaratishi kerak. Albatta, yangi taʼlim modellari bu imkoniyatni universal ravishda taqdim etishi kerak. Anʼanaviy taʼlim muassasalari uchun onlayn-kurslarning narxini baland ushlab turish qiyin boʻladi. Katta islohotlar kuzatilmasa-da, onlayn kurslarning narxiga qaratilgan bosimni toʻxtatib qolishning imkoni boʻlmaydi. Quvonarli tomoni, eng yaxshi universitetlarning onlayn-kurslarigina baland narxlarni ushlab qolishi mumkin boʻladi.



4. Onlayn–taʼlim raqobatni oshiradi.


Onlayn-taʼlim va unga aloqador taʼlim texnologiyalari, ushbu sohadan qochgan koʻplab anʼanaviy taʼlim muassasalari uchun muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, onlayn-taʼlim oliygohlarning raqobat qilish qobiliyatini oshiradi va hatto, yangi institutlarni yaratishda yordam bera oladi.


Masalan, 2012-yilda oʻzini oʻzi moliyalashtiruvchi universitet tashkil etish uchun Minerva loyihasi ishlab chiqildi. Loyihadan maqsad — mashhur oliygohda oʻqishga loyiq, ammo, maʼlum sabablarga koʻra u yerda oʻqiy olmaydigan talabalar uchun yuqori sifatli onlayn–taʼlim yaratishdir. The Economist jurnalining bir maqolasida taʼkidlanganidek, 2012-yil aprel oyida Benchmark Capital kompaniyasi Minerva loyihasini moliyalashtirishini bildirdi va 2014-yilning sentyabr oyidan birinchi oʻquvchilarini kutib olishini eʼlon qildi. Bu loyiha uchun kompaniya 25 million AQSh dollari miqdorida investitsiya ajratdi. Yangi universitetning kengashiga Garvard universitetining sobiq prezidenti Larri Sammers rahbarlik qiladi va uning aʼzolari orasida Nyu Yorkdagi New School direktori va shtat sobiq senatori Bob Kerri hamda Delaware universitetining prezidenti va Wharton Schoolning sobiq dekani Pat Harker bor.


Garchi talabalarni oʻziga jalb qilish uchun mahalliy oliygohlar va boshqa taʼlim muassasalari raqobatga kirishgan boʻlishsa-da, yuqori saviyali ilmiy tadqiqot institutlari va gumanitar oliygohlar ilgari bunday bosimga duch kelmagan edi. Biz endilikda anʼanaviy oliy taʼlimda raqobatni kuchaytiradigan yangi institutlar va yangi onlayn-dasturlarni uchratishimiz aniq.


Oldinda ogʻir yoʻl turibdi

Kelgusi 5–10 yillik anʼanaviy taʼlim muassasalari uchun ogʻir yoʻl boʻladi. Sarmoya muhiti sinov va xatoliklarga toʻladir. Bu yoʻlda yutuqlar boʻlgani kabi muvaffaqiyatsizliklar ham boʻladi. Sarmoyaga asoslangan yangi modellarning yana bir oʻziga xos xususiyati tezkor rad javobi va tezkor moslashuvchanlikdir.


Tizim sifatida oliy taʼlim shiddatli oʻzgarishlarga mos kelmaydi va sarmoya bilan qoʻllab-quvvatlanadigan taʼlim texnologiyalari va konservativ taʼlim tuzilmalari bilan kesishish davomida raqobat boshlanadi. Anʼanaviy taʼlim muassasalari qisqa vaqt ichida har doimgidanda koʻproq tartibsizliklar, muvaffaqiyatsizlik va, hatto, muvaffaqiyatlarni boshdan kechiradi.


Onlayn-taʼlim oliy taʼlimdagi oʻzgarishlarga javob boʻla oladimi? Yoʻq. Negaki, onlayn-taʼlim barcha holatlarda ham mos kelavermaydi. Biroq, hozirgi kunda BUOOKning ijro etuvchi va direktorlar kengashi oʻz fikrlarini oʻzgartirgan boʻlsa, barqarorlik yoki bosqichma-bosqich oʻzgarishlar endi osonlikcha qabul qilinmaydi. Bu zamonaviy onlayn-taʼlim modellarining real kuchidir.


Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Onlayn-ta‘limni yetkazib berish modellari: batafsil tavsif (2-qism).