1-qism. Onlayn-ta’limni yetkazib berish modellari: batafsil tavsif

Garchi masofadan turib ta’lim olish uzoq tarixga ega boʻlsa-da, onlayn-taʼlimning yaratilishi oʻn besh yil oldin sodir boʻldi — bu ilmiy sohada nisbatan qisqa vaqtdir. Dastlabki internet orqali bilim berish 1994-yilda boshlangan va shundan soʻng qisqa vaqt ichida kurs boshqaruv tizimining yangi toifasidan foydalangan holda yanada tizimli munosabat bilan davom ettirilgan. Oʻsha paytdan boshlab, onlayn-taʼlim sekin, ammo, barqaror tarzda ommalashib keldi. 2010-yilning kuzida AQSH talabalarining deyarli uchdan bir qismi kamida bitta fanni onlayn ravishda oʻqishayotgan edi. 2012-yilga kelib “Barcha uchun ochiq onlayn kurslar” (BUOOK) deb nomlangan yangi konseptsiya oliy ta’lim muhitida katta qiziqish uygʻotdi. Eng muhimi, bu gʻoya oliy ta’lim va kengash xonalarida onlayn-taʼlim haqida strategik muhokamalarni yuzaga keltirdi. Stanford, MIT, Harvard, Kaliforniya-Berkeley universiteti va boshqalar BUOOKning transformativ kuchga ega boʻlishini va onlayn-taʼlimni investitsiya, resurslar, prezidentlik yordamida qoʻllab-quvvatlashdi. Wall Street Journal, New York Times, The Atlantic kabi milliy OAV lar Devid Bruksning “The Campus Tsunami” maqolasini targʻibot qilishdi.


Afsuski, yangi ta’lim modellari eski tizimni egallash ehtimoli borasida shov-shuvli va yuzaki tavsiflar koʻpaydi. Koʻp hollarda, an’anaviy va onlayn–ta’lim borasida ommaviy munozaralar nooʻrin kelishmovchiliklarga olib keldi. Bu nooʻrin munozaralar barcha onlayn modellarni oʻxshash deb aytmoqda va an’anaviy sinf darslari bilan internet darslarining uygʻunlashuvini nazarga ilmayapdi. Bu yolgʻon kelishmovchiliklar milliy media-forumlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlib, yanada ommalashib ketmoqda. Ammo, aslida hamkasbim Molli Langstaf ta’kidlaganidek, ta’lim texnologiyalari nafaqat yangi til yaratish uchun, balki, bilimni yetkazish maqsadida innovatsion ta’lim kurslari va dasturlari bilan oʻzaro hamkorlik qilmoqda.


Oliy ta’limga kirish, oʻqishga qurbi yetish (moliyaviy jihatdan) va har bir talabaga moslashtirilgan taʼlim kabi muammolarni muhokama qilish uchun hozirda yuzaga kelgan oʻzgarishlarni toʻliqroq tushunish bizga yaqindan yordam beradi. Ta’lim texnologiyalari yaratayotgan va kundan-kunga ortib borayotgan imkoniyatlarni yaxshiroq anglash uchun koʻproq tavsiflovchi fikrlarni taqdim qilmoqchiman. Quyidagilar, albatta aniq maʼlumot emas. Chunki muhit shiddat bilan oʻzgarmoqda. Bundan tashqari, bu modellarning barchasi ham uzoq muddatda rivojlanib ketmaydi. Mening maqsadim muhim modellarni oddiygina tasvirlash va ommaviy muzokaralarda paydo boʻlgan tushunmovchiliklarni kamaytirishdir.


Ta’lim sohasidagi ta’lim modellarining paydo boʻlishi nimani anglatadi? Modellarni nafaqat modallik jihatidan (ya’ni, yuzma-yuzdan to toʻliq onlayngacha), shuningdek, kursni ishlab chiqish uslubi boʻyicha ham tasnifladim (1-rasm). Bu ikki oʻlchamlar bizga ta’limni yetkazib berish modellarini yanada yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Ushbu sohada quyidagi muhim modellar paydo bo’ldi: maxsus onlayn kurs va dasturlar, toʻliq onlayn dasturlar, maktab xizmati, ta’lim hamkorligi, qobiliyatga asoslangan ta’lim, aralash/gibrid kurslar va teskari sinflar hamda eng soʻnggisi BUOOK (barcha uchun ochiq onlayn kurslar) (2-rasm).


er.educause.edu
er.educause.edu
Maxsus onlayn-kurs va dasturlar

Koʻplab AQSH oliy ta’lim muassasalarida fakultet va kafedra tushunchalari mavjudligiga koʻra, institutning qoida va meʼyorlariga asoslanmagan maxsus onlayn-kurslarining yaratilishi hayratga solmaydi. Ushbu holat sababli, fakultetdagi yangi muhitni kashf qilish va muayyan dasturlarning oʻziga xos ehtiyojlari uchun onlayn-kurs va dasturlar yaratishning bir qator sabablari bor. Garchi fakultet a’zolarining aksariyati onlayn-taʼlimning sifatiga shubha bilan qarasa ham, koʻpgina maxsus kurslar fakultet oʻqituvchilarini onlayn vositalar orqali yaxshiroq natijani qoʻlga kiritishga ishontirish uchun ishlatiladi. Inside Higher ED va Babson Survey Research Groupning izlanish natijalariga koʻra, fakultet a’zolarining uchdan ikki qismi onlayn dasturlardan keladigan ta’lim natijalari an’anaviy kurslardan keladigan natijalarga qaraganda past deb taʼkidlashar ekan. Bunga qaramasdan, fakultet a’zolarining onlayn-taʼlim bilan bogʻliq qismida qoʻrquv va hayajon past boʻlar ekan.


Maxsus onlayn kurslarni oʻqitayotgan oʻqituvchilar yetarlicha baholanmagan tengsiz bilim manbasi hisoblanadi. Garchi maxsus onlayn-kurs va dasturlar oldin qilinmagan ishni amalga oshirgan boʻlsa-da, ular onlayn-taʼlimning kengayishida asosiy omil emas.


unsplash.com
Toʻliq onlayn dasturlar

Hozirgi kundagi roʻyxatdan oʻtishlar sonining oshishi va onlayn kurslarning rivojlanishining eng asosiy sababi tijorat sektori hamda notijorat institutlari tomonidan yaratilgan onlayn tashkilotlar ishlab chiqqan toʻliq onlayn dasturlardir. Ikkala holatda ham, bu onlayn dasturlar master-kurs kontseptsiyasi atrofida tashkil etilgan. Ushbu kontseptsiya institutning ta’limni yetkazib berish uslublarini oʻzgartiradi va an’anaviy, tijorat va hattoki, notijorat boʻlgan toʻliq onlayn tashkilotlarni bir biridan ajratuvchi eng katta farq boʻla oladi.


Master-kurs qaytariladigan tarzda bir nechta boʻlimlarda izchil takrorlanadi. Ushbu yondashuvda multimedia ekspertlari, sifatni ta’minlovchi ekspertlar hamda instruktsional dizaynerlardan tashkil topgan jamoa master-kursni yaratish uchun fakultet a’zolari yoki fanga bogʻliq ekspertlar bilan birgalikda ishlashadi. Yaratilgandan soʻng, master–kurs boʻlimlari bir nechta instruktorlar tomonidan, odatda, qoʻshma fakultetlarda ishlatilishi mumkin. Kursning yaratilishida qatnashgan fakultet a’zolari bir nechta boʻlimga instruktorlik qilishlari mumkin. Lekin, boʻlimlar, asosan, kursning yaratilishida qatnashmagan instruktorlar tomonidan boshqariladi.


Master–kurs gʻoyasi kurs kimga tegishli tushunchalarini oʻzgartiradi va kurslarni yaratish, yetkazib berish, yangilab turish uchun turli xil jarayonlarga olib keladi.


Maktab servis sifatida

Anʼanaviy taʼlim va keng qamrovli onlayn–taʼlim oʻrtasidagi toʻsiqni bartaraf etishning yana bir yoʻli — tashqi kompaniyalar bilan kontent, oʻquv rejasi va talabalar xizmatlari ustida hamkorlikda ishlashdir. Ushbu kompaniyalar anʼanaviy taʼlim beruvchi maktablar uchun master-kurs tushunchasini tadbiq qilish uchun kerakli tajriba va koʻnikmalarni egallashga yordam berishadi.


unsplash.com

Onlayn platformalarning oʻquv rejalari va kurslarning rivoji uchun daromad qilish maqsadidagi alohida bir katta tashqi sanoat paydo boʻldi. Bu yangi kategoriya “Maktab servis sifatida” deb nomlanadi va bu sektor kelajakda yiliga 30 foizdan oʻsishi kutilmoqda. Pirson Arizona shtat universiteti va Kaliforniya shtat universiteti hamkorlikda ishlangan model asosida bu bozorga kirib kelgan. Boshqa taʼminlovchilarga esa EmbanetCompass, 2tor, Deltak va Academic Partnership kabi kompaniyalar kiradi. (Oktyabr oyining oʻrtasida bir qancha oʻzgarishlar sodir boʻldi, jumladan Deltak John Wiley & Sons, EmbanetCompass esa Pearsen tomonidan sotib olindi.)


Taʼlim hamkorligi

Bu toʻsiqni bartaraf etishning mashhur boʻlmagan yoʻllaridan biridir, ammo oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatgan. Bu modelda tashqi tashkilotlar onlayn-taʼlimga va jamoat amaliyotiga oʻz hissalarini qoʻshadilar. Masalan, butun dunyo boʻylab bir xil dasturlarda ishlaydigan tengdoshlar tarmogʻi. Cisco Networking Academy program shu modellarga misol boʻla oladi. Bu dasturdan 165 ta mamlakatdan jami 1 milliondan ortiq oʻquvchilar foydalanadi va 10000 dan ziyod homiy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu modelda taʼlim instituti oʻquv rejasi bor boʻlgan kurslarni taklif qiladi hamda oʻz diplom dasturlari uchun kerakli fanlarni oʻquvchilarga oʻrgatadi. Maktablarda laboratoriya jihozlari boʻlishi kerak yoki xarid qilishlari kerak, ammo maktablar Cisco ning oʻquv rejalaridagi investitsiya, texnologik va baholashga oid foydali tajribalarni olishlari mumkin. Bu tashkilot 2007-yilda tashkil topgan. Tashkilotning kattaligiga qaramay, koʻp hollarda Networking Academy ning qanday tashkilot ekanligini tushunishmaydi: bu korporativ trening dasturi emas, balki notijorat taʼlim tashkilotidir.


Qobiliyatga asoslangan taʼlim

Oliy taʼlimda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan innovatsiyalardan biri kredit soatlaridan malakaviy baholashga oʻtish va kurs yakunlanganligini aniqlashdir. Ikki yil oldin faqatgina Western Governors universiteti oliy taʼlimda malakaga asoslangan taʼlim modelini hayotga tadbiq etgan edi. Biroq, hozirga kelib Southern New Hampshire universiteti, Wisconsin System universiteti, Shimoliy Arizona universiteti , StaighterLine va Excelsier kollejlari ushbu modelga qoʻshilgan.


unsplash.com

Malakaga asoslangan taʼlim (CBE) aslida nima? 2000-yilda SPT Malan umumiy qabul qilingan manbalar haqida yozadi: bu natijalarga asoslangan taʻlimning (OBE) kengroq tushunchasiga asoslangan, bu esa oʻquvchilarni yanada yaxshiroq natijaga yetaklashi kerak. Natijani yaxshilash uchun esa, egallanadigan bilim va malakalarni chuqurroq oʻrganishlari koʻzda tutilgan. OBE yuzma-yuz, onlayn va gibrid modellarda amalga oshiriladi. CBE kengroq tushunchada, natijalar, ish qobiliyatlari va ish bilan bogʻliq ehtiyojlar bilan chambarchas bogʻliqdir. 2000-yildagi maqolada SPT Malan CBE ning 6 ta muhim tarkibiy qismini sanab oʻtadi:


— Baholash standartlariga koʻra talab qilingan koʻnikma va malakalarni egallash orqali erishilgan aniq va shaffof natija;
— Ushbu koʻnikmalarga ega boʻlish uhun qulay vaqt;
— Taʼlimni osonlashtirish uchun turli xil oʻqitish usullari;
— Kerakli natijalarni olish uchun test sinovlari;
— Koʻrsatilgan natijalarga koʻra sertifikatlash;
— Oʻquvchilarni bilim bilan taʼminlash uchun moslashtirilgan dasturlar.


CBE modellaridagi oʻsishning asl sababi nimada? Qisqa qilib aytganda, qulay dasturlar orqali arzon narxdagi taʼlimni taʼminlashga boʻlgan ishtiyoqdir. Bunda federal va shtat darajasidagi hukumat katta rol oʻynaydi. 2011-yilning noyabrida AQSH Taʼlim Vaziri Arni Dunkan oʻz nutqida Western Governors universitetidagi dasturlar haqida shunday deydi: “Men ularning yaxshi oʻrinni egallashini xohlayman”. 2012-yilning iyun oyida esa Oliy taʼlim departamenti kotibi oʻrinbosari Eduardo Ochoa ushbu departament malakaga asoslangan taʼlim rivojlanishini va koʻp oʻquvchilarga yordam berishini kutmoqdaligini aytadi. Undan tashqari, Ochoa Obama maʼmuriyati bu model oʻquvchilarning taʼlim uchun boʻlgan xarajatlarini, diplom olish uchun sarflanadigan vaqtni kamayishiga olib kelishi uchun malakaga asoslangan taʼlimni qoʻllab quvvatlashini bildirib oʻtadi.


2012-yilning iyun oyida Wisconsin System universiteti va Governor Scott Walker kelgusidagi CBE dagi tashabbuslarini taʼriflab berishdi:


Wisconsin System universiteti talablarga mos keladigan oʻqitish va boshqa innovatsion usullardan foydalanib, yangi, moslashishga qulay boʻlgan kollej variantini ishlab chiqadi.


Bu yagona malakaga asoslangan taʼlim modeli oʻquvchilar kurslarni oʻzlari istagan vaqtda, mustaqil va oʻrgangan bilimlari uchun kreditlar toʻplash imkonini beradi. Oʻquvchilar kollej darajasidagi malakalarni qayerda oʻrganganlaridan qatʼiy nazar isbotlay olishadi. Bu yuqori sifatli modeldan foydalangan holda oʻquvchilar yangi vositalar orqali oʻz karyeralarini rivojlantirishlari mumkin.


Maqolaning 2-qismini bu yerda o‘qing → sinaps.uz/maqola/3418


Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Onlayn-ta‘limni yetkazib berish modellari: batafsil tavsif (1-qism).