Milliy cholg’u asbobi Chang

Milliy cholg’u asbobi


          Chang


Chang- arfaning o’tmishda qo’llangan turi. O’rta Osiyo va boshqa Sharq xalqlari  o’rtasida tarqalgan. Uning saqlanib qolgan eng qadimiy ta’sviri  miloddan avvalgi  3 minginchi yillarga mansub , burchakli turi hozirda O’zbekiston  va Tojikiston terayasida taxminan XVII asrda ishlatilgan. Gruzinlarda yangi abhazlarda  ayume, ajarlarda duadastanon va hak deb yuritiladi. Ko’p torli urma soz. Uning santur deb nomlanuvchi turini rivoyatlarga ko’ra, O’rta Osiyoda birinchi marta Darveshali Changiy chalgan bo’lsa kerak. O’zbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi chang tuzilishi qutisimon trapetsiya shaklida, tovushqator asosini 14 sim tashkil etadi. Bulardan 13 tasining hatr biri uchtadan, faqat bitta yo’g’on tori yakkadir. Torlarning umumiy soni 40taga yetadi. Ular ikki gruppaga bo’linadi. Chang jarangdor terminga ega bo’lib, uning dinamik imkoniyatlari juda keng juda sekin ovoz pianissimodan, juda kuchli ovoz fortegacha ovoz beradi. Changdan turli ijrochilik uslublari – tayoqchalarni cholg’u torlari ketma-ket urish natijasida hosil qilinadigan tremolo bilan birga , pitsikattoga o’xshatib yaqin tayoqchalar bilan tirnab chalish  va stakkato torlarni tayoqchalar bilan uzub tovush chiqarish  keng qo’llaniladi. Changdan asosan, yakkanavoz soz, ansambillar orasida  jo’rnavoz soz sifatida ham ishlatiladi. Ko’pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi va ular muayyan faktlarga ega.    Changning chang tenor, chang, bas kabi turlari ham yaratilgan.


manba:komilaxon.blogspot.com