1 maydan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?

1 maydan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?


Maktab o‘qituvchilariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (980 ming so‘m) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi:


Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:


👉 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (258 720 so‘m);

👉 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (309 680 so‘m);

👉 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (361 620 so‘m);

👉 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (412 580 so‘m);

👉 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (517 440 so‘m);


Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (86 627 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (173 254 so‘m).


Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (173 254 so‘m).