Tug‘ruqdan keyingi depressiya
– psixik kasallik, kayfiyat pasayishi yoki yo‘qligi, apatiya va qiziqishlar yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Belgilarga qarab: — Yengil depressiv epizod- tashqi belgilar yo‘q, lekin ayol uchun og‘ir kechadi — O‘rta daraja – psixik holatda ko‘zga ko‘rinadigan belgilar yuzaga keladi (passivlik, ko‘p gapirmaslik, qiziqishlar yo‘qolishi) — Og‘ir depressiv epizod – avjga chiqqan asabiylashish yoki ajitatsiya.
◀️SABABLARI:
Psixologik – bola tug‘ilishi stress deb qabul qilingan Biologik – gormonal o‘zgarishlar Belgilar: — kayfiyat yo‘qolishi — Tez harakat, harakatda aniqlik yo‘qligi — Tez charchash — Sababsiz aybdor his qilish — Qaror qabul qilishda qiynalish — E’tibor kamayishi — Boladan doimiy xavotir olish — Bola parvarishida yolg‘izlik, kuchsizlik sezish — Bolaga befarqlik — Uyqu buzilishi — Istaxa pasayishi — Suitsidal fikrlar.
◀️DIAGNOSTIKA:
Psixolog tomonidan, umumiy ko‘rik, anamnez va shikoyatlarni o‘rganish.
◀️DAVOLASH:
— Antidepressantlar — Neyroleptiklar — Trankvilizatorlar — Psixoterapiya
◀️ASORATLARI:
— Depressiya zo‘rayishi — Suitsidal holatlar — Sotsial holatlar – oila ajrashishi, bolani rad etish.
◀️PROFILAKTIKA:
— O‘z vaqtida aniqlash va davolash — Homiladorlikni planlashtirish, tug‘ruqqa tayyorlanish — Homiladorlikda psixolog yordami.
@doridarmonlar