GULLAR VA QUSHLAR BAYRAMI mavzusida tadbir ishlanmasi

GULLAR VA QUSHLAR BAYRAMI


Boshlang’ich sinq o’quvchilari bilan turli mavzularda tadbirlar o’tkazish ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishga, bolalarda narsa va voqealarga nisbatan qiziqishni kuzatish, izlanish va boshqa bilim malakalarini vujudga keltirishda juda katta yordam beradi.


        Gullar va qushlar bayramini  o’tkazishdan asosiy  maqsad o’quvchilarda jonajon tabiatga muhabbat, xalqimizning qadimiy an’analariga  hurmat xissini tarbiyalab borish. O’zbekiston tabiatida uchraydigan gullar va qushlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O’zbekiston Qizil kitobi , yo’qolib va kamayib borayotgan gullar va qushlar haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o’tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o’qituvchilar va boshlang’ich sinf o’quvchilari taklif etiladi.


         Zal yoki maktab hovlisi “Gullar va qushlar bayrami” mavzusiga oid rasmlar, bahorda ochiladigan gullar, qushlarning tuliplari , o’quvchilarning mavzuga  oid rasmlari , tabiat , uning go’zalligini asrashga da’vat etuvchi shiorlar , ekologiya va tabiat muhofazasiga doir ,turli-tuman gullar va qushlar haqida ma’lumot beruvchi bukletlar bilan chiroyli bezatiladi. Bayram jarchilarning chiqishi bilan boshlanadi.



1-jarchi: — Bolalar-u bolalar

2-jarchi: — Tog’da ochilgan lolalar!

1-jarchi: — Eshitmadim demanglar,

2-jarchi: — Eshitganlar jilmanglar!

1-jarchi: — Bugun maktabimizda

2-jarchi: — Zo’r tomosha bo’ladi!  — Ho-ho-hoy!

 

1-boshlovchi( qo’li ko’ksida ):

Bismillohdan boshlanadi a’molimiz ,

Assalomdan yorishadi jamolimiz

Do’stimizga aylantirar begonani ,

Assalomdan yetishadi kamolimiz .

 

2Boshlovchi:

 Ey,ozod  yurtimning  gulg’unchalari,

 Sho’xu  sayroqi  bulbulchalari.

 Bu  kun  davramizga  aylang  marhabo,

Tilga  kirar  tabiatning  sho’x  qushchalari.

 

 

1-boshlovchi:

Assalomu  alaykum  mehridaryo,qalbi  keng  muhtaram  ustozlar-u, bilimga  chanqoq, zukko  aziz  o’quvchilar!  Mana, mustaqil   Vatanimiz    uzra    fasllar  kelinchagi  bo’lmish  bahor  hamon davom etmoqda .


2Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu  yangilanish, yasharish  demakdir. Bahor  insonlar qalbiga  quvonch, yuziga  tabassum  olib  keladi. Bahor  kirib  kelar  ekan, ona  tabiat  jonlanadi, daraxtlar  qishki  to’nini  tashlab, bahor  libosini  kiyib, tabiat  ko’rkiga  yana  ko’rk, husn  qo’shadi. Issiq  o’lkalarga  uchib  ketgan  qushlar  yana  o’z   yurtlariga  qaytadilar.


       1-boshlovchi: Bahor- bu  ko’pgina  bayramlar  fasli  hamdir. Jumladan, 8-mart  Xalqaro  xotin-qizlar  bayrami,  21-mart  Navro’z  bayrami. Mana  shular  qatorida  bugun  biz  yana  bir  bayramni – “Gullar va qushlar bayrami” ni  namoyish  etmoqdamiz.

 

2Boshlovchi: Sizlarning  barchangizga  yaxshi  kayfiyat  tilagan  holda  davramizga bahoroy va uning elchilarini taklif etamiz.


Bahoroy va gullar kirib keladi

(Gulchambar taqqan Gulbahor siymosidagi qiz kirib keladi)

-Lolalardan gulxanlar yoqib,

Bahor keldi, gulbahor keldi .

Chakkasiga qizil gul taqib,

Dilbar keidi gulchiroy keldi.

(Gulbahor o’zi bilan birga lola , boychechak va atirgullarni mehmonga olib kelganini aytdi)

 

         Boychechak:

Hali erimasdan qor,

Dala qirda gul bahor.

Chiqdi mitti gul-chechak,

May elchisi boychechak.

         Atirgul

Mana senga pushti gul,

Xohlasang oq gulga qo’n,

Atirgul ham go’zaldir,

Anor kiygan qizil to’n.

          Lola

         Lola kabi ochildi

Tomda ikki qizg’aldoq.

Tiz barobar o’tlardan

Terda lolaqizg’aldoq.

         Hamma

Gul bu yaxshilikdan erur nishona,

Soflik do’tlik doim unga hamxona.


1-boshlovchi:

Bugun o’zgachadir jilvagar olam ,

Bugun o’zgachadir borliqda xanda,

Bugun ko’zlaringda kular quyosh ham ,

Shafaq gulshanida tarang chirmanda

 

2Boshlovchi:

Bu tong egnida atlasdan ko’ylak ,

Harirga o’rangan qizlarday gulgun .

Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak

Sanamlar qulida go’zaldir bu kun


Endi navbat o’quvchilarimiz ijrosidagi qo’shiqqa

 

Qo’shiq “Hey lola”

(O’quvchilar „Hey,lola“qo’shig’ini ijro etadilar ).

-Tom ustida nelar bor hey, lola ,

O’rdak bilan g’ozlar bor hey,lola

O’rdak ketib g’oz qolsin hey, lola

Dushman ketib do]st qolsin hey, lola

-Tom ustiga chiqaylik hey, lola

Suqsur kelsa otaylik hey,lola .

U suqsurning patina hey lolayey,

Qizlarimizga taqaylik hey, lola.

2Boshlovchi:

Endi navbat gullar va qushlar haqidagi she’rlarga

 

She’rlar:

1-o’quvchi :

Bu yurt o’g’lonlari mehri butundir ,

O’tli qalblar yurtiga ishonch ustundir ,

Xush kelding ,bahorim,dillarga hamdam

Bizning quvonchlardan quvonsin olam.


2-o’quvchi:

Chechaklar barq urib, keldi bahorim,

Don-dunim, osh nonim ham rizqu ro’zim,

Jahonga tik boqqan sen , qora ko’zim,

Xushkelding bahorim , dillarga hamdam,

Bizning quvonchlardan quvonsin olam.


3-o’quvchi:

 Lolazor bo’lar qirlar,

Dalalar-u bog’lar ham.

 Baxtiyorlik timsoli.

Gulga dildan extirom.


4-o’quvchi:

 Atirguli chinni gul,

Nastarinlar ochilgan.

 Yo’lning ikki yoniga

Baxmal gilam to’shalgan.


5-o’quvchi:

 Raxmat deydi keksa yosh,

Gul o’stirgan kishiga.

 Axdimiz maqsadimiz,

Yordam bermoq ishiga.


6-o’quvchi:

 Marxabo aziz do’stlar,

Quvonchlik gul bayramga

 Iliq tabassumingiz,

O’xshab ketadi gulga.


Ola  hakka.                                                                              Kakku.


Uchar  par-par  ola  hakka,                                                 Nima  ekan  bu  qush  nomi,

Daraxtzor-u  chakalakda.                                                    Sevar  to’qay  o’rmonni.

Qo’nar  o’ynab  butoqqa,                                                  Qo’shiq  aytarkan  kak-ku,

Alanglaydi  har  yoqqa.                                                     Shu  sababdan  nomi  kakku.


     Ukki.                                                                                           Mayna.

Qushlar  qo’shig’i  ukki,                                                     Satang  qushcha  mayna  qush,

Qayrilma  tumshuq  dukki.                                                 Chorbog’imda  sayrar  xush,

Ko’zi  yonar  olovdek,                                                        Parlari  qora  baxmal,

Kalamushni  ov  qilar,                                                         Tergandek  tillo  zarhal.

Tekinxo’rni  daf  qilar.                                                        Oshaman  deb  bulbuldan,

                                                                                            Mayna  deb  olgan  shundan.


Kaklik.

                     Tog’  tovug’i  go’zal  kaklik,

                     Oyoqlari  po’paklik.

                     Qizil  tumshuq, qizil  ko’zlik,

                     Patlari  mayin,  kulrang  ko’xlik.


Raqs “Qaldirg’och”

 

 

1-boshlovchi:

Tabiatda  bugun o‘tli uyg‘onish,

 Nur bilan  kiradi  dilga  orzular.

Yuraklar  shodlikdan  etadi  xonish,

 Labdan  labga  ko‘char  mayin  kulgular.


 2-Boshlovchi:

Quyosh  kirib  kelar  har  xonadonga,

Barobar  ulashar  yog‘dusin  bugun.

Quyosh  tabassumi  etar  jahonga,

Ushalar  dildagi  orzular  bugun

 

1- Boshlovchi: Endigi navbat gullar va qushlar haqidagi ma’lumotlarga

 

2-Boshlovchi: : Marhamat tinglang va eslab qolishga xarakat qiling !

 

Ma’lumotlar: 6 ta o’quvchi gullar, 6 ta o’quvchi qushlar haqida ma’lumot beradi.


Raqs : Yakkaxon


1-boshlovchi: Prezedentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov biz o’quvchilarning ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda .  Jumladan boshlangich sinflardayoq chet tillarini mukammal o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.

 

2-boshlovchi: Keling, shu gaplarimizning isboti sifatida o’quvchilarimizdan ingiliz va rus tillarida bahorni madh etuvchi she’rlardan tinglasak marhamat!

 

She’rlar: 4 ta o’quvchi rus tilida, 4 ta o’quvchi ingiliz tilida she’rlar aytadi .

 

1-boshlovchi

Ey menga ertaklar so‘ylagan zamin

Ergashib izingdan qolmasman sening

O‘zgalar naznida bog‘I eramni

Jiydang yaprog‘iga olmasman sening

Vatan qayda bo‘lmay sen hamrohimsan

Bobolarim yotar zajdagohimsan

 

2Boshlovchi:

Bahorgi burkangan sen sevgan elda,

Ovozing yangradi jo’shqin zabardast.

O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot,

Men ham hali sensiz olmadim nafas.

 

     1-boshlovchi: Bahor faslida biz nafaqat go’zal bayramlarimiz balki buyuk shoir va shoiralarimizning tavvalud ayyomlarini ham nishonlaymiz .

 

    2Boshlovchi: Jumladan, 1-mart bahorning ilk kunida atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim , 26-aprel kuni o’zbek adabiyotining zabardast shoiri Muhammad Yusuf tavvallud topgan kun . Keling, fursatdan foydalanib ular ijodidagi bahor, tabiat va ayolni tarannum etuvchi she’rlardan bahramand bo’lsak , marhamat!

 

She’rlar

 

Raqs “ Dutor”

 

2Boshlovchi: Bayramimiz  yanada quvnoq o’tishi uchun keling  , bolajonlar , “ Gul bazmi “ aytishni boshlaymiz,Qani davrani kengroq olinglarchi .

 

Gul bazmi


1- o’quvchi :

Gul berdim siz uchun ,

O’ynab beray siz uchun.


2- o’quvchi :

Gul brgan qo’llqringdan ,

Aylanayin bo’ylaringdan ,


3- o’quvchi :

Bollagim gulbahor,

Unda bahor husni bor


4-o’quvchi :

-Bilaman gul tilini

O’qiganman ilmini

Darrov ko’rsam taniyman ,.

 Rango-rang ming xilini


5-o’quvchi :

-Chaman-chaman ochilar,

Bahor chog’i gullola.

Gulni yaxshi ko’radi ,

Katta kichik har bola.


6-o’quvchi :

-Chaman-chaman gul bog’m,

Ko’pdir mening o’rtog’im.

Keling,dostlar,o’rtoqlar,

Birga teraylik gullar.


7-o’quvchi:

-Asra qizil gulingni,

Saqla qizil gulingni

Bahosiga yetmasa

Sotma qizil gulingni


8-o’quvchi:

Ochildimi boychechak

Enli har yon gul demak.

Chunki bahor elchisi.

Shu mitti gul boychechak.


9-o’quvchi:

Ariq  labiga boring,

Yo ko’pchilik, yo yolg’iz

Hammangizga birday teng

Atir purkar ko’k yalpiz.


10-o’quvchi:

Ariq labida yalpiz,

Atir ochgni sochgan.

Barg yozib yashnab gul qiz.

Quloq ochgani-ochgan.

 

1-boshlovchi:

Yurtdoshim, bog’inga bir nihol qada,

Bu nihol nomini “Yaxshilik” ata.

Niholning yoniga bir gul ekib qo’y,

Bu gulning nomini “Go’zallik “ deb qo’y,

Gul-u niholinga baxsh etib xayot,

Suv ber va bu suvga “Mehr”deb ot qo’y.


2Boshlovchi:

Aziz bolajonlar hamda hurmatli tadbir qatnashchilari shuning bilan birga bugungi “Gullar va qushlar bayrami” nomli tadbirimiz o‘z poyoniga yetdi. Barchamiz Ona tabiatni asraylik, zero:


Tabiatning, go‘zalligi, sofligi,

Bizga kerak  qanchalar,

Insoniyat taqdiri

Bog‘liq erur shunchalar .


        Shunday ekan biz barchamiz ona tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim. Xayr sog‘ bo‘linglar!