Parsek — astronomik masofa birligi

Parsek — astronomiyada qoʻllaniladigan masofa birligi, SI tizimiga kirmaydi. Oʻzbekcha belgilanishi pk, xalqaro belgilanishi pc. Termin “parallaks” va “sekund” soʻzlarining birinchi boʻgʻinidan yasalgan.


Bir parsek masofa — yillik trigonometrik parallaksi bir burchak sekundiga teng boʻlgan obyektgacha boʻlgan masofa.


orbita.uz

Muqobil taʼrifiga koʻra, bir parsek bu — koʻrish nuriga perpendikulyar boʻlgan bir astronomik birlik (a.b.) kesmaning bir sekund burchak ostida koʻrinish masofasi. Ushbu taʼrifga koʻra, bir parsek katetlaridan biri bir astronomik birlikka teng boʻlgan va oʻtkir burchagi 1 pk boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchakning katta katetining uzunligidir:


orbita.uz

Bu degani, 1 pk = 30,8568 trillion km hamda 3,2616 yorugʻlik yili masofasi demakdir.


2015-yilning avgust oyida Xalqaro astronomiya ittifoqining XXIX Bosh assambleyasida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan va unda parsek



tarzidagi formula bilan aniqlanishini belgilab qoʻydi. Bu formulaga koʻra hisoblansa, bir parsek masofa yuqoridagi taʼrifdagidan 10−11 ga qisqaroq chiqadi. Bu yulduzlararo masofani oʻlchash borasida zamonaviy oʻlchov texnikasida yoʻl qoʻyiladigan nisbiy xatolikning eng katta aniqlik darajasidan ham yuqori darajadir (oʻlchov texnikasining nisbiy xatoligi 0,001% yoki 10−5 boʻladi).


XAI belgilagan formulaga binoan aniqlangan parsek taʼrifdagidan ≈242 km ga qisqaroq xolos. Shu sababli yulduzlararo masofani oʻlchashda ishlatiladigan ushbu birlik deyarli oʻzgarmagan deyish mumkin.


Parsekning kiloparsek (kpk), megaparsek (Mpk) va gigaparsek (Gpk) koʻrinishidagi karrali birliklari ham fanda qoʻllaniladi. Biroq parsekning ulushli birliklari ishlatilmaydi. Buning oʻrniga nisbatan qulayroq boʻlgan a.b. birligidan foydalaniladi.


Ayrim astronomik masofalarning parsekda ifodalanishiga misollar:


• 1 a.b. taxminan 4,848∙10⁻⁶ parsekka teng;


• Oort buluti diametri taxminan 0,62 pk;


• 10 pk masofani yorugʻlik 32 yil, 7 oy va 6 kun muddatda bosib oʻtadi;


• Quyoshdan eng yaqin sharsimon toʻda M4 gacha boʻlgan masofa 2,2 pk ni tashkil qiladi;


• Quyoshdan galaktikamiz markazigacha boʻlgan masofa taxminan 8 kpk;


• Somon yoʻli galaktikasi diametri taxminan 30 kpk;


• Andromedagacha boʻlgan masofa 0,77 Mpk;


• Eng birinchi ochilgan, eng yorqin va eng yaqin kvazar boʻlmish 3C 273 gacha boʻlgan masofa 734 Mpk ni tashkil qiladi;


• Koinotning hozirda kuzatilayotgan va hozircha koʻz yetgan sarhadlari masofasi 4 Gpk atrofida.


Maqola orbita.uz saytidan olindi. Original maqola → Angstrem
Muqova surat: freepik.com