Appendiks — keraksiz a’zomi?
Uzoq yillar davomida appendiks keraksiz, hech qanday vazifa bajarmaydigan a’zo sifatida qaralgan. Hozirda, ishonchli manbalardan ma’lum bo‘ldiki, appendiks «yaxshi» bakteriyalar rezervuari vazifasini bajaradi.
Agar ichaklarga patogen infeksiya tushsa, organizm unga reaksiya bildirib, infeksiyani yuvishga (diareya) harakat qiladi. Patogen bakteriyalar bilan birgalikda yaxshi bakteriyalar ham yuvilib ketadi va normal mikroflora o‘rnini tezda to‘ldirish kerak bo‘ladi. Shu vaqtda appendiksdagi yuvilmay qolgan bakteriyalar tezda ko‘payib, yana normal mikroflorani tiklaydi.
@taomlanish_ilmi