Yoshlikni uzaytiruvchi mahsulotlar

Yoshlikni uzaytiruvchi mahsulotlar


• Selder — yoshartiruvchi xususiyatga ega kuchli, asosiy mahsulot. Teri salomatligi uchun kerakli juda ko‘plab moddalar saqlaydi.

• Kurkuma — terimiz himoyachisi, har xil toshmalar toshishini bartaraf qiladi va teri rangini yaxshilaydi.

• Ko‘k choy — o‘zida taurin moddasini saqlaydi. Bu modda teri tonusini oshirib, sog‘lom ko‘rinish beradi.

• Ovsyanka — qonni tozalaydi, ichaklar ishini stimullaydi, yurakni baquvvat qiladi. Soch va tirnoqlar strukturasini tiklaydi.

• Kefir (qatiq) — tarkibidagi laktobakteriyalar ichaklarda vitaminlar so‘rilishini yaxshilaydi hamda organizmda qarilikni sekinlashtiruvchi Q–fermenti hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Bir kunda bir stakan kefir ichish kifoya qiladi.