QOVUN HAQIDA
Qovun — taom o’rnini bosadigan, to’yimli, kam kaloriyali va past glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.
2006-yilda «HortScience» jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqoriligi aniqlangan.
Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo’lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.
100 g qovun: 36 kkal
Oqsil — 0,5 g
Yogʻ — 0,1 g
Uglevodlar — 9 g
— Natriy — 26 mg
— Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108%
— Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%
— Kaltsiy — kunlik ehtiyojning 1%
— Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi.
Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.
Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.
@taomlanish_ilmi