Nima uchun tishlar sargʻayadi?

❓Nima uchun tishlar sargʻayadi?


✍️ Ahadjon Abduxalilov, sogʻlom hayot targʻibotchisi


✔️ Irsiy omillar — baʼzida bu naslga bogʻliq boʻlishi mumkin.

✔️ Choy, qahva, qizil sharob tarkibidagi taninlar tish emalini yemirilishiga olib keladi, boshqa rangli oziq-ovqatlardagi pigmentlar boʻshab qolgan joyga oʻrnashadi.

✔️ Sigaret tarkibidagi smola tishlarni sargʻayishiga olib keladi.

✔️ Ayrim dori vositalaridan uzoq vaqt foydalanish, masalan, tetratsiklin guruhidagi antibiotiklar.

✔️ Kislotali mahsulotlar va kislota bilan aloqador ish bajaruvchilarda tishlar koʻp sargʻayadi.

✔️Buyrak yetishmovchiligi kabi keng tarqalgan kasalliklar ham tishlarning sargʻayishiga olib keladi va bunda tishlarni tozalab yuvish foyda bermaydi.


✅ Sariqlikdan xalos boʻlish uchun stomatologiyada tishlarni professional tozalash, oqartirish, sunʼiy keramik oynalash usullari qoʻllaniladi.


Manba© @soglomhayotuz