Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?
✅Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.
❓ O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?
✅ Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.
❓ Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
✅Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.