Laktozani o’zlashtira olmaslik
– organizmning sut va sut mahsulotlariga reaksiyasi. Laktaza fermentining yetishmovchiligi, ko’p hollarda chaqaloqlarda uchraydi. Kattalarda laktoza o‘zlashtira olmaslikni, sutga bolgan allergiya bilan farqlash lozim. 1-holatda sut iste’moli nazorati, 2-holatda esa butunlay sutni ratsiondan chiqarib tashlash lozim. Bolalarda laktozani o’zlashtira olmaslik genetik xususiyat bolib, osiyoliklarda ko’proq uchraydi.
☑️SABABLARI:
— Nasliy moyillik
— Yalliglanish kasalliklari, gripp
— Ichak va oshqozonda jarroxlik operatsiyalari.
☑️BELGILARI:
sut ichgandan so’ng 20-30 minutdan keyin paydo boladi.
— Qorin shishi
— Og’riq
— Ortiqcha gaz hosil bolishi
— Ich tez kelishi
— Diareya
— Qayt qilish
— Organizm kuchsizligi
— Isitma
— Qaltirash
— Harorat ortishi
— Bosh aylanishi
Chaqaloqlardagi belgilar:
— Kokrakdan bosh tortish
— Emizish vaqtida bola yiglaydi
— Emizish vaqtida bola kop harakatlanadi, tipirchilaydi
— Kekirish
— Yomon uxlash
— Gaz ko’p hosil bo’lishi.
☑️DIAGNOSTIKA:
— Gastroenterolog korigi
— Nafas chiqarishda vodorodga analiz (laktoza saqlovchi suyuqlik ichadi, maxsus moslamaga nafas chiqaradi)
— Qon umumiy tahlili
— Qonda glyukozani tekshirish
Chaqaloqlarda:
— Pediatr korigi
— Najas kislotaliligini tekshirish
— Qonni glyukozaga tekshirish
💊DAVOLASH:
— Dietolog konsultatsiyasi
— Gastroenterolog konsultatsiyasi
— Sut saqlovchi mahsulotlarni cheklash
— Maxsus parhez usuli
— Sut mahsulotlarini boshqa ovqatlar bilan sekinlik bilan kombinatsiyalash
— Ovqatni kam-kamdan yeyish
— Sut mahsulotlari soya suti va soya pishlog’i bilan almashtirish
— Laktozali mahsulotlarni istemol qilish
— Kalsiy va vitamin D boy mahsulotlarni ratsionga kiritish
— Ovqatga qo’shimcha moddalar kirgizish
— Yangi tugilgan chaqaloqlarni laktozasiz suniy aralashmalarga o`tkazish.
© Doctor Muxtorov