“Do‘mboq” bolalarni parvarishlar bo‘yicha maslahatlar.

“Do‘mboq” bolalarni parvarishlar bo‘yicha maslahatlar.


— Yosh bola vaznining me’yordan ortishi ular sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida hatto yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi, moddalar almashinuvi buzilishi va qonda qand miqdorining ortishi ro‘y beradi. Ilk yoshdagi bolalarda semizlik rivojlanishining bir qancha sabablari bor.


— Do‘mboqlar parvarishi uchun tavsiyalar:

— Kichkintoyga sabzavotlardan salatlar tayyorlab yediring.

— Shirinliklarni kamroq berganingiz ma’qul.

— Ziravorli taomlar bola ishtahasini ochadi, shuning uchun kichkintoy ovqatiga ziravorlar qo‘shmagan ma’qul.

— Taomlar yog‘siz qatiq, shakari kamroq kompot va meva pyurelari bilan birgalikda yedirilsa, natija ijobiy bo‘ladi.

— Har kuni ertalab bolani badantarbiya qilishga odatlantiring.


— Biz bergan tavsiyalar asosan boshlangʻich holatlar uchun tavsiya boʻlib, agar natija boʻlmasa, Endokrinolog shifokor bilan maslahatlashing.