Maktablarda sinf rahbarlik uchun qancha maosh to‘lanadi?

Maktablarda sinf rahbarlik uchun qancha maosh to‘lanadi?

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga asosan umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.

Demak, sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun to‘lovlar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

👉 15 nafar o‘quvchigacha — Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26.4 foizi, ya’ni 242 880 so‘m miqdorida to‘lanadi;

👉 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 31.6 foizi, ya’ni 290 720 so‘m miqdorida to‘lanadi;

👉 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 36.9 foizi, ya’ni 339 480 so‘m miqdorida to‘lanadi;

👉 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 42.1 foizi, ya’ni 387 320 so‘m miqdorida to‘lanadi.

👉 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 52.8 foizi, ya’ni 485 760 so‘m miqdorda to‘lanadi.

Asos: Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizomning (https://lex.uz/docs/941876) 4-bandi.