Ko’plab organlarni ko’chirib o’tkazishning iloji bor bir davrda ko’zni ham tranplantatsiya qilish mumkinmi❓
Ko’pgina ko’zi ojiz bemorlarga ularning yaqinlari men o’zimning bitta ko’zimni o’g’limga, (onamga, qizimga yoki dadamga) beraman degan holatlar shifoxonada uchrab turadi.
Ammo ko’z miyaning bir qismi sifatidagi organ bo’lganligi sababli bugungi kunda hali dunyoda ko’zni almashtirib o’tkazish amaliyoti yo’q
Shunga qaramasdan olimlar “BIONIK” protezlarini o’ylab topishdi, unda sun’iy ko’z va uning chipi ko’z olmasiga joylashtiriladi va bu orqali inson qisman( shakllarni, ranglarni va yorug’likni) ko’ra oladi
Bu texnologiyani yanada takomillashtirish bo’yicha olimlar izlanish qilishmoqda va yaqin kelajakda katta yangiliklar qilib bemorlarni yanada xursand qilishlarini kutib qolamiz👁️
Sog’lig’ingizga beetibor bo’lmang, vaqtida shifokorga ko’rinib turing, keyin kech bo’lishi mumkin❗️
@oculomotori