Orif Tolibning fikricha, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtib ketmaganimiz, soʻzlarni yozishga kirill nuqtai nazaridan yondashayotganimiz sabab turli xatoliklarga yoʻl qoʻyyapmiz. Jumladan, qisqartma soʻzlarda.
Kirill yozuvida yo, ya, yu, ye yolashgan unlilari bilan boshlangan soʻzlar qisqartmaga aylansa, bu harflar qisqartma soʻz tarkibida ishtirok etadi: AYOQSh, YATT, OOʻYu, YeXHT kabi. Lekin bu qisqartmalar lotin yozuvida ifodalanganda kirill harflarini juft harf koʻrinishida oʻgirish — xato. Chunki lotin alifbosida yo, ya, yu, ye harflariga muqobil harf yoʻq, ular ikkita harf yordamida ifodalanadi.
AYOQSh — avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi, lotincha imloda — avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi. Soʻzning bosh harflarini olib, qisqartma yasaymiz: AYQSH. Sh harf birikmasi barcha harflari katta yoziladigan soʻzlarda, qisqartmalarda SH shaklida berilgani yaxshi.
YATT — yakka tartibdagi tadbirkor, lotin yozuvida — yakka tartibdagi tadbirkor. Bosh harflardan qisqartma — YTT.
OOʻYu — oliy oʻquv yurti, lotin yozuvida — oliy oʻquv yurti. Bosh harflardan qisqartma — OOʻY.
YeXHT — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, lotin yozuvida — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti. Bosh harflardan qisqartma — YXHT.
Bir gal sobiq “Kamolot” YOIH nomini lotinchada “Kamolot” YoIH emas, “Kamolot” YIH shaklida yozish kerakligini butun boshli tahririyatga tushuntira olmagan edim. “Kirillchada bor-ku, nega lotinchada yoʻq boʻlib qolishi kerak?! Lotinchada ham Yo bor, Yo deb yozamiz, xolos”, degan dalil keltirishgandi. Shunga oʻxshash eʼtirozlarga javob shu: qisqartmalarda odatda soʻzdagi birinchi harf olinadi. Kirillchada yolashgan unlilar bilan boshlangan soʻzlar lotinchada y harfi bilan yoziladi va qisqartmada ana shu harfdan foydalaniladi.
❗️ Lekin UNICEF, UNESCO, USAID kabi xalqaro tashkilotlar nomini oʻzbekcha imloda bermoqchi boʻlsak, YUNISEF, YUNESCO, YUSAID deb yozamiz. Chunki bu soʻzlar oʻzbekchada qisqartmaga aylantirilmayapti. Ular oʻzi qisqartma, ingliz tilida qisqartmaga aylantirilgan. Biz oʻzbekcha imloda qisqartmaning talaffuz variantini yozamiz.
Masalan, UNICEFning inglizcha kengaytmasi — United Nations International Childrenʼs Emergency Fund, oʻzbekchada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi boʻladi. UNICEF “yunisef” deb oʻqilgani uchun uni oʻzbekcha imloda YUNISEF — YUNISEF shaklida yozamiz.
Bu kabi nomlarni oʻzbekcha matn ichida aslidagiday — UNICEF, UNESCO, USAID shaklida berish ham xato emas. Xalqaro brendlar nomini yozishda ham odatda shu taomilga amal qilinadi.
Xatolar ommalashishi yoki tuzatilishida nufuzli saytlar, rasmiy manbalarning oʻrni katta. Yuqoridagi kabi qisqartmalarni lotin yozuvida toʻgʻri ifodalashga eng birinchi galda yirik ommaviy axborot vositalari eʼtibor qaratsa, nur ustiga nur boʻlardi.
📌 Demak:
FHDY, AYQSH, YTT, OOʻY, YXHT, YUNISEF, UNICEF ✅
FHDYO, FHDYo, AYOQSH, AYoQSH, YATT, YaTT, OOʻYU, OOʻYu,YEXHT, YeXHT, YuNISEF, YUNICEF ❌
Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola → Qisqartmalar imlosi: lotin yozuvidagi xatolar
Muqova surat: iconape.com