Bolam uyqusida koʻp terlaydi. Buni sababi nimada?

Koʻpgina onalarni xavotirga soladigan holat bolakaylarining tunda ko’p terlash holatidir. Albatta, bunday vaziyat juda koʻp uchraydi, bolakayni uxlatib yotqizib qoʻysangiz kiyimchasi va yotoq choyshabining terlash natijasida nam boʻlib qolganligini koʻrasiz.

☝️Bolalarda uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi sababini aniqlash uchun avvalo ular organizmning tuzilishi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqish kerak boʻladi.

👉Bolalarda uyqu vaqtida koʻp terlashi: fiziologik jarayon!

Avvalo, ter ajralishi har qanday yoshdagi inson uchun normal holat ekanligi va organizm shu yoʻl bilan tana haroratini meʼyorda saqlab turishini bilib olish zarur. Bolalarda esa ter bezlari funksiyasining toʻliq ishlamasligi va termoregulyatsiya markazining yaxshi rivojlanmaganligi bois uyqu vaqtida koʻp terlash holati tez-tez uchrab turadi.

Ter bezlarining faol vazifa bajarishi bola hayotining 3-haftasidan boshlanadi. Ammo, toʻliq shakllanishi 5-6 yoshlarda roʻy beradi. Odatda tungi uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi. Bola 4 yoshdan oshgach bunday holat kamdan kam qayd etiladi.

Ter bezlarining vazifasi faqatgina organizmni sovutish emas, balki organizmda toʻplangan zaharli moddalar, toksinlarni ham ajratib tashlash kabi funksiyasi ham mavjud va bu jarayon nerv tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

👉Uyquda ko’p terlash: patologik jarayon

Koʻpgina mutaxassislar fikricha bolalarning koʻp terlashiga quyidagilar sabab boʻladi:

✔️Xona haroratining yuqori boʻlishi yoki ob havoning issiq boʻlishi natijasida bolaning terlashi;

✔️Kun davomida bola emotsional holati, qoʻzgʻaluvchanligi, nerv tizimining taʼsirlanishi tungi vaqtda koʻp terlashga sabab boʻladi;

✔️Shamollash kabi holatlarda;

✔️Nasliy moyillik.

❗️Koʻp ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham roʻy beradi, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

✔️Vitamin D yetishmovchiligi va raxit;

✔️Apnoe;

✔️Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar;

✔️Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar;

✔️Yurak-qon tomir kasalliklari;

✔️Immun tizimidagi oʻzgarishlar.


🤷🏻‍♀Nima uchun bolalar aynan uyqu vaqtida ko’p terlash kuzatiladi?

Pediatrlar bu holatni quyidagicha izohlaydilar: bolalarning kunduzgi vaqtda terlashi tez bugʻlanadi, bolalar aynan kun davomida oʻzlarining asosiy energiyalarini sarflaydilar. Tungi vaqtda ham ter bezlari faol ishlab turadi ammo bola oʻzining energiyasini faol sarflamaydi, shu sababli ajralgan ter bugʻlanmaydi, aksincha organizmda toʻplanib qoladi.

💁🏻‍♀Bola koʻp terlashining yana bir sababi bolakayni juda qalin matolar bilan belab tashlashdir. Koʻpgina onalar bolakaylarining sovuq qotib qolishlaridan choʻchib ularni uyqu oldidan juda qalin matolar bilan oʻraydilar yoki mavsumga mos boʻlmagan kiyimchalar kiydiradilar, natijada bolakay organizmi qizib ketadi va koʻp ter ajralishidan aziyat chekadi.

🙋🏻‍♀Bolakaylarning qizib ketishi va koʻp terlamasliklari uchun quyidagilarga rioya etish lozim:

👇

👉Bolalar xonasida optimal harorat 18-21 gradusni tashkil etishi, namlik miqdori esa 50-60 % boʻlishi maqsadga muvofiq. Quruq havo ham ter bezlari ishini faollashtirib yuboradi.

👉Bolakay uxlaydigan xonani tez tez shamollatib turish zarur: kun davomida 10-20 daqiqadan 3-4 marotaba.

👉Bolakaylarni xona haroratiga mos holatda kiyintirish kerak. Kiyim matolari tabiiy boʻlishi va havo oʻtkazishi tavsiya etiladi.

@YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR