Nosni tashlash uchun tavsiyalar

Nosni tashlash uchun tavsiyalar


Irodani ushlash zarur. Buning uchun nafs xohlagan havoyi narsalardan voz kechish. Bu qish paytida yozda pishadigan uzumni yoz kelganigacha kutib yeyishni kutish kabidir. Kishi agar nosni tashlayman deb harakat qilsa, 15 20 kunda bunga erishadi. Irodani bo‘sh qo‘ygan kishi o‘z nafsining quli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jo‘yali natijani olib bo‘lmaydi. Nosni tashlagan va tashlash uchun kurashgan kishilar-yaqinlarimizning hatto yiqilib qolgaliklarida ham bu qarordan qaytmaganliklarini ko‘rganmiz. 15 yil «nos staji»ga ega bo‘lgan kishilar ham nos tashlash baxtiga erishganlar.

Xumor tutganda boshqa narsalarga chalg‘ish. Ish bilan chalg‘ish mumkin va yana biror achchiq konfetlar bilan nafsni ovuntirish kerak.

Xumor tutganda yuqoridagi barcha zararlarni o‘zimdan daf qilishim kerak va zararlarni paydo qilmasdanoq tashlashim shart deya kishi o‘ziga maqsad qo‘yishi kerak.

Nosni ko‘rganda eng jirkanch va iflos narsa ekanligini eslashi va yuz burishi kerak va yana tashlaganlik uchun shukr qilish lozimdir.

Sport bilan shug‘ullanish yaxshi. Sport aqlni va tanani tozalaydi, chiniqtiradi va yana turmush tarzini yangilab, salomatlikka yetaklaydi.

Qalb xotirijamligini tiklash lozim. Qalbni xotirijamlik ila boshqarish kerak. Yaxshi va huzur bo‘ladigan amal va ishlarni qilish va sof aqida va fikrga ega bo‘lish kerak.


@andrology_uz 🚑