Ortiqcha vazn va testosteron

Ortiqcha vazn va testosteron


Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon yetishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo‘ladi.

Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog‘lar yig‘ila boshlaydi va bu yog‘lar testosteronni yemiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.


E’tibor bergan bo‘lsangiz, birinchi holatda testosteron yetishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo‘lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasayib ketmoqda.


Xulosa: to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilib, ortiqcha vazn yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar sababsiz semirish kuzatilsa testosteronni ko‘paytiruvchi mahsulotlar iste’molini va jismoniy yuklamani ko‘paytirish kerak.


Testosteronni ko‘paytiruvchi TOP mahsulotlar:

• Zanjabil (https://t.me/taomlanish_ilmi/1188) (imbir)

• Ustritsa

• Anor, anjir, banan

• Vitamin D ga boy mahsulotlar (https://t.me/taomlanish_ilmi/620)

• Sinkka boy mahsulotlar (https://t.me/taomlanish_ilmi/654)

• Achchiq qalampir

• Sarimsoq (chesnok)

• qo‘y yog‘i (https://t.me/taomlanish_ilmi/1647) va baliq yog‘i

• Sholg‘om

• Zaytun moyi (olivkovoye)

• Yong‘oqlar

• Qora shokolad

• Sut va sut mahsulotlari

• Go‘sht va go‘sht mahsulotlari

Bundan tashqari:

— Sog‘lom uyqu (7-8 soat)

— Stressni kamaytirish


Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:

• Qayta ishlangan mahsulotlar

• Konserva mahsulotlari

• Alkogol

• Gazlangan rangli ichimliklar

• Transyog‘lar

• Shakar, tuz

• Fastfudlar (https://t.me/taomlanish_ilmi/1330)

Bundan tashqari:

— Semizlik

— Gipodinamiya

— Stress, tushkunlik

— Nosog‘lom ovqatlanish


Testosteronni organizmdagi asosiy vazifalari haqida keyinroq ma’lumot beraman.


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)